solinadigan bo‘lib, elektr quvvatining real qiymatini aks ettirmasa
yoki imtiyozlar mavjudligi sababli elektr quvvatini iste’mol qilish
uchun uzoq vaqt pul to‘lanmasa, elektr quvvatini iste’mol qilish
dinamikasi sanoat ishlab chiqarishi dinamikasidan katta farq qilishi
mumkin.
6. Mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli
yashirin iqtisodiyotni aniqlovchi omillar yig‘indisi bilan bog‘liq va
uning hajmini o‘lchashga yo‘naltirilgandir.
7. Tarkibiy usul
ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida yashirin
iqtisodiyotning hajmi to‘g‘risida ma’lumotni qo‘llay olishga
asoslangandir.
Bir qator rivojlangan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotning
ko‘lami to‘g‘risida yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullar yordamida
olingan
ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lib, yalpi milliy
mahsulot(YaMM)ga nisbatan 1 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan oraliqda
tebranib turadi.
Hisob-kitoblar ko‘satmoqdaki, bevosita (to‘g‘ri) usullar ishonchli,
lekin eng pasaytirilgan natijalarni beradi. Ularning asosiy kamchiliklari
quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni yig‘ish murakkabligi va so‘rov
natijasida olingan ma’lumotlarni ataylab buzib ko‘rsatish.
Jahon amaliyotida qo‘llaniladigan usullarning turli-tumanligi
yashirin iqtisodiyot tarkibi hajmining miqdorini va natijalar to‘g‘riligi
mezonini baholashning yagona uslubiyati yo‘qligidan dalolat beradi.
Har bir mamlakatning o‘ziga xosligi, statistik materiallarda
kamchiliklarning mavjudligi har bir muayyan hodisada ushbu
hodisaga mos bo‘lgan usul yoki bir qancha usullar kombinatsiyasidan
iborat bo‘lgan usullarni tanlashga asoslanadi. Har xil usullarni
birgalikda qo‘llash yashirin iqtisodiyotni ob’ektiv baholashning
yo‘nalishlaridan sanaladi.
Dostları ilə paylaş: