Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullari



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

 
2.2. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullari 
Yashirin iqtisodiyotni makrodarajada o‘lchash uchun bilvosita 
usullardan foydalaniladi. Ular ko‘pincha rasmiy statistikaning 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga, soliq va moliya organlarining 
ma’lumotlariga asoslanadi. Makrousullarga quyidagilar kiradi: 
tafovut usuli, bandlik ko‘rsatkichlari usuli (“italyancha” usul), 
monetar usul, texnologik koeffitsiyentlar usuli, ekspert usuli, tarkibiy 
usul, mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli. 
2.2.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning 
makrousullar
26
 
26
Головина Е.Б. Теневая экономика. Конспект лекций.-Челябинск,2015.-С.24. 
asosida mualliflar tomonidan tuzildi. 
MAKROUSULLAR
Bandlik ko‘rsatkichlari 
usullari 
Tarkibiy usul 
Texnologik koeffitsiyentlar 
usuli 
Mayin modellashtirish
(determinantlarni baholash usuli) 
Ekspert usuli 
Tafovut usuli 
Monetar usul 


Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini o‘lchashning makro usullarini 
ko‘rib chiqamiz. 
1. Tafovut usuli 
Bu usul bir xil iqtisodiy ko‘rsatkichlar borasidagi ma’lumotlar va 
statistik hujjatlarni solishtirishga asoslangandir. Ushbu usuldan 
foydalanishga misol qilib turli usullar bilan hisoblangan daromadlar 
va xarajatlarni taqqoslash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil 
baholash; tovar oqimlari usulini ko‘rsatish mumkin. 
Daromadlar va xarajatlarni taqqoslash.
Ushbu usuldan xonadon 
xo‘jaliklarining barcha daromadlarini barcha xarajatlar bilan 
taqqoslash orqali foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda, daromadlar 
xarajatlardan kam bo‘lib chiqadi. 
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil baholash.
Ushbu 
usuldan bilvosita ma’lumotlar yordamida hisoblangan YaIM hajmini 
rasmiy statistika ma’lumotlari bilan solishtirish yordamida yashirin 
sektor hajmini aniqlashda foydalaniladi. XVJ tomonidan Xitoyda 
o‘tkazilgan tadqiqot ushbu usuldan foydalanishga klassik misol 
hisoblanadi, bunda iqtisodiyot indikatori sifatida va yashirin 
iqtisodiyot miqyosini aniqlash uchun elektr energiyasidan 
foydalanish ko‘rsatkichidan foydalanilgan edi. 
Tovar oqimlari usuli.
Bu usuldan statistika xizmatlari yaxshi 
rivojlangan ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida keng foydalaniladi. 
Tovar oqimlari usulining asosiy mazmuni shundaki, tovar oqimlari 
(ya’ni, ishlab chiqarishdan to foydlangunga qadar bo‘lgan harakat) 
makroko‘rsatkichlarni emas, balki alohida muhim mahsulotlar yoki 
tovarlar guruhini aniqlash uchun qo‘llaniladi. 
2. Bandlik ko‘rsatkichlari usuli ( “italyancha” usul) 

Italyancha” usul Italiya statistika instituti tomonidan ishlab 
chiqilgan va qo‘llaniladi. Ushbu usul yashirin iqtisodiyot 
parametrlarini aniqlash masalalarida keng qo‘llanilmoqda. 
Ushbu usulni ishlab chiqish jarayonida mutaxassislar ishlab 
chiqarish (ayniqsa, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarida) 
bo‘yicha aniq ma’lumotlarni to‘plash juda murakkabligini e’tiborga 
olishgan. Buning asosiy sababi – soliqlar to‘lash bazasini yashirish 
maqsadida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatishdir. 


Kichik korxonalar faoliyatini statistik registrga kirgizish uchun ham 
ulardan ma’lumot olish juda murakkabdir. Shu bilan birga, Italiya 
iqtisodiyoti uchun sonli kichik korxonalar soni juda ko‘pligi xosdir. 
Italiyalik statistika mutaxassislari asosiy urg‘uni ishchi kuchi 
sarflarini o‘rganishga qaratishgan. Birlamchi ma’lumotlar maxsus 
tashkil etilgan xonadon xo‘jaligini tadqiq etish natijasida olinadi. 
Xonadon xo‘jaliklari tasodifiy tanlov asosida tadqiq etiladi. Tekshirish 
jarayonida beriladigan savollar so‘rov qilinuvchilar tomonidan u yoki 
bu tarmoqda ishlab bergan soatlar hajmi bilan bog‘liqdir. Ushbu 
yondashuvning 
yutug‘i 
shundaki, 
daromadlari 
to‘g‘risida 
so‘ralmayotgan kishilarga o‘zlarining ish vaqtlari haqidagi axborotni 
yashirish yoki o‘zgartirib ko‘rsatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. So‘ngra 
ushbu axborotlar umumlashtiriladi va ishlab berilgan o‘rtacha inson-
kun o‘lchoviga o‘tkaziladi. Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish 
me’yorlarini belgilash uchun ham shunday tekshirishlar o‘tkaziladi. 
Ushbu usulning quyidagi turlari mavjud: 1) amaldagi va rasmiy 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan bandlik darajasi o‘rtasidagi farq asosida; 2) 
hafta davomida amalda ishlab berilgan ish vaqti va rasmiy qayd 
etilgan ish vaqti o‘rtasidagi farq asosida. 
3. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin