etgan. U “o‘zini-o‘zi band qilgan” ishchilarni “norasmiy sektor”
tushunchasi bilan qo‘shib yubordi.
Norasmiy sektorda “rasmiy - norasmiy” va “qonuniy -
noqonuniy”ni qarama-qarshi qo‘yilishiga tayangan holda K.Xart
shahar aholisi daromadlarini uch guruhga ajratdi:
a) rasmiy daromadlar – davlat va xususiy sektordagi ish haqi,
transfert to‘lovlari (pensiyalar, ishsizlik nafaqalari);
b) qonuniy norasmiy daromadlar – birlamchi (qishloq xo‘jaligi),
ikkilamchi (shartnoma asosida yoki mustaqil
faoliyat yurituvchi
hunarmandlar, etikdo‘zlar, tikuvchilar, pivo ishlab chiqaruvchilar va
hokazo) va uchchilamchi (qurilish, transport, yirik va mayda savdo)
sektorlarida bandlikdan, xizmatlar ishlab chiqarishdan (musiqachilar,
sartaroshlar mehnati; meditsina va marosim xizmatlari) va xususiy
transfert to‘lovlaridan (sovg‘alar, zayomlar) olingan daromad;
v) noqonuniy norasmiy daromadlar – xizmatlardan (nolegal
sudxo‘rlar, o‘g‘irlik mollarni sotib oluvchilar,
narkotik sotuvchilar,
fohishalar, dayuslar, kontrabandachilar,
reketirlar va boshqalar
mehnatidan) va transfertlardan (o‘g‘irlik, kamomad)
103
(qarang:7.1.1-
jadval).
Dostları ilə paylaş: