Aksariyat iste’molchi mahsulot sotib olgach, xarid chekini
talab qilmaydi: yo unutadi, yoki uni shunchaki keraksiz deb
hisoblaydi. Ayrim sotuvchilar ham chekni taqdim etish haqida
o‘ylamaydi
99
.
Bir qarashda oddiy va arzimasday ko‘ringan bu holat aslida bir
qator muammolarga sabab bo‘lishi hech gap emas. Xususan, xarid
cheklarining talab qilinmasligi yoki taqdim etilmasligi nakd
pullarning bankdan tashqari noqonuniy aylanishi - “yashirin
iqtisodiyot”ga zamin yaratadi. Shunga qaramay, sotuvchi va xaridorni
xarid cheki masalasida birday mas’uliyatli qilishga erishish oson
emas. Bunday vaziyatda eng maqbul tanlov - inson omili ishtirokini
minimal darajagacha kamaytirish imkonini beruvchi raqamli
texnologiyalardir. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa
ana shunday muhim vositalardan biri sanaladi.
QR-kod mavjud bo‘lmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi.
Amaldagi nazorat kassa mashinasi orqali taqtsim qilingan ba’zi bir
xarid cheklarida tovar yoki xizmatlarning nomi va mikdori aks
ettirilmaydi. Qolaversa, chekning haqiqiyligini tekshirish imkoni ham
98
Qarang: O‘sha yerda. Б. 252-256.
99
Ҳаёт Насруллаев. “Яширин” иқтисодиётнинг яна бир кушандаси // Янги
Ўзбекистон, № 23 (23), 2020 йил 26 февраль. Б.3.
yo‘q. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa chop etuvchi
fiskal chek esa bu masalada ham sotuvchi, ham xaridor uchun qulay.
Ya’ni, unda tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi, miqdori, narxi aks etadi,
Eng asosiysi, chekning haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kod
mavjud. Ushbu ma’lumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy
hisoblanmaydi.
Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa chekdagi
ma’lumotlarni real vaqt rejimida operatorga, ya’ni Davlat soliq qo‘mitasi
bazasiga borib tushishini ta’minlaydi. Tadbirkorlik sub’ektlari bunday
qurilmalarni mustaqil sotib olishi mumkin. Biroq, onlayn-nazorat kassa
mashinasi yoki virtual kassalarni xarid qilishdan avval ushbu qurilma
yoki dasturiy mahsulotni Davlat reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganini
tekshirish lozim, Tadbirkorlik sub’ektlari ulardan foydalanish uchun
Davlat reyestriga kiritilgan ixtiyoriy texnik xizmat ko‘rsatish markazidan
ro‘yxatdan o‘tkazish zarur.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar”
markazi arizachining murojaati asosida u bilan shartnoma imzolaydi,
taqdim etilgan hujjatlar va shartnoma nusxasini maxsus axborot tizimi
yordamida Davlat soliq xizmati organlariga yuboradi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining ushbu tizimga o‘tishi majburiy.
Faqat bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi
100
.
2019 yilning 1 martidan boshlab Toshkent shahrida onlayn-
nazorat kassa mashina va virtual kassalarni keng qo‘llash bo‘yicha
tajriba loyihasi o‘tkazildi. Natijada 385 mingdan ortiq xarid
cheklarida jami 72 milliard so‘mdan ziyod tovar aylanmalari amalga
oshirilganligi to‘g‘risidagi axborotlar Davlat soliq qo‘mitasining
ma’lumotlar bazasida qayd etildi.
2020 yil 1 yanvardan onlayn-nazorat kassa mashinalari va virtual
kassa tizimi respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-
bosqich joriy etila boshlandi. Xususan, 2020 yil yanvardan 20 909 ta
alkogol, tamaki, dori vositalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish
shoxobchalari;
100
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Савдо ва хизмат кўрсатиш
соҳасидаги ҳисоб-китоблар тизимига замонавий ахборот технологияларини жорий
қилиш ҳамда ушбу соҳада жамоатчилик назоратини кучайтириш чора-тадбирлари
тўғрисида”ги 2019 йил 6 сентябрь ПФ-5813-сон Фармони
2020 yil 1 avgustdan 1 200 ta o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik
tushumi besh milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari;
2021 yil 1 yanvardan 21 600 ta o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha
yillik tushumi yuz million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu
chegaraviy miqdorga yetgan, jami 2020 yil yakuniga qadar 43 700 ta
tadbirkorlik sub’ektlari onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual
kassadan foydalanishga o‘tkazilishi belgilangan.
Ushbu muddatlar tugagandan keyin onlayn-nazorat kassa
mashinasi yoki virtual kassadan foydadanmasdan tovarlarni sotish va
xizmatlar ko‘rsatishda chek takdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega
bo‘lmagan chekparni takdim qilish qonunchilikda belgilangan
tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Ta’kidlash joiz, mazkur talablar olis hududlarda faoliyat olib
borayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga tatbiq etilmaydi. Ularning
ro‘yxati har yili O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojpantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar
hokimlikpari bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Onlayn Nazorat kassa mashinasi (NKM) yoki virtual kassa
tizimiga o‘tish davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Birinchidan,
bunday raqamli texnologiyalar orqali xufyona iqtisodiyot ulushi
qisqaradi. Tadbirkorlik sub’ektlari va Davlat soliq xizmatlari
organlari xodimlari bilan bevosita aloqalar kamayib korrupsiyaga
yo‘l qo‘yilmaydi. Ma’lumotlar ishonchliligi kafolatlanadi. Soliq
bazasi kengayadi.
Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ham onlayn-nazorat kassa
mashinasi yoki virtual kassa foydali. Ular amaldagi fiskal xotirali
nazorat kassa mashinalarni ishlatish majburiyatidan xalos bo‘lyapti.
Kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat kassa daftarini yuritish,
uning kunlik hisobotini chiqarib olish majburiyati bekor qilinyapti.
Tadbirkorlik sub’ektlari kunlik o‘rtacha nakd pul tushumi mikdoridan
qat’i nazar, naqd pullarni bank kassalariga inkassatsiya xizmati orqali
o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish
huquqiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, onlayn-nazorat kassa mashinasini
sotib olish, joriy qilish xarajatlarini soliq hisobidan bazaviy hisoblash
miqdorining 10 barobari miqdorigacha kamaytirish imkoniyati
yaratildi. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Virtual kassa”ning
bazaviy qismi bepul taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassalardan
foydalanish tizimining eng asosiy yutug‘i xalqimiz hayot tarzini
yengillashishi, turmush sifati yuksalishi bilan bog‘liq. Zero, ushbu
tizim mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni
kamaytiradi. Sohada jamoatchilik nazorati kuchayishiga zamin
yaratadi. Xaridorlarning huquq va manfaatlari himoyasi yanada
kafolatlanadi. Pirovardida “yashirin” iqtisodiyotning yana bir
kushandasi bo‘lgan tizimga aylanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib soliqlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlashga qarshi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat deb xulosa
qilishimiz mumkin:
– jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq yukini yanada
kamaytirish;
– soliqlar sonini kamaytirish va oqilonalashtirish;
– soliq stavkalarini maqbul darajada pasaytirish;
– soliqqa tortish bazasini kengaytirish;
– soliq imtiyozlarini keskin kamaytirish va oqilonalashtirish
orqali tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoitini yaratish;
– biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish;
– soliq ma’murchiligini takomillashtirish, “raqamli iqtisodiyot”
tamoyillarini joriy etish;
– mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq
to‘lovchilarni rag‘batlantirish;
– soliqdan qochish va bo‘yin tovlash holatlari uchun jinoiy va
ma’muriy javobgarlikni yanada kuchaytirish.
Dostları ilə paylaş: |