Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Nazorat savollari: 
1. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash deganda nimani 
tushunasiz? 
2. Soliqlardan qochish deganda nimani tushunasiz? 
3. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning sabablarini izohlang. 
4. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatlari nimalardan iborat? 


5. Soliqlarni 
to‘lashdan 
bo‘yin 
tovlashning 
qanday 
strategiyalaridan foydalaniladi?
6. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda qanday usullardan 
foydalaniladi? 
7. Offshor zona va offshor kompaniya deganda nimalarni 
tushunasiz? 
8. Offshor kompaniyalar soliqlardan qochish uchun qanday 
usullardan foydalaniladi? 
9. Amaliyotda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning qanday 
misollarini keltira olasiz? 
10. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarga barham berish 
uchun Sizningcha qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak?, 
deb o‘ylaysiz 
 
 


VII BOB. NORASMIY (“KULRANG”) XUFYONA 
IQTISODIYOT 
 
7.1. Rivojlangan 
va 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
«norasmiylik». 
7.2. MDH mamlakatlarida norasmiy iqtisodiyot 
7.3. “Norasmiylik”ni 
tahlil 
qilishga 
neoinstitutsional 
yondashuvlar.
7.4. Ernando de Sotoning “kul rang” xufyona iqtisodiyot 
konsepsiyasi 
7.5. Norasmiy 
iqtisodiyotning 
rivojlanishining 
hozirgi 
zamon umumiy qonuniyatlari 
 
7.1. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda 
«norasmiylik». 
Kulrang xufyona iqtisodiyot

bu xufyona iqtisodiyotning eng 
keng sektori hisoblanadi. Shu bilan birga, uni o‘rganish qora yashirin 
iqtisodiyotni tahlil qilishdan ko‘ra murakkabroqdir: uyushgan 
jinoyatchilik iqtisodiyoti “normal”, rasmiy iqtisodiyotdan aniq ajralib 
tursa, norasmiy iqtisodiy faoliyat jamiyatning barcha jabhalariga 
o‘rnashib oladi, natijada norasmiy sektorni aniqlab olish juda 
murakkab jarayonga aylanadi. 
Iqtisodchilar norasmiy iqtisodiyotni chorak asrdan beri 
o‘rganishmoqda, lekin ular ushbu fenomenning mohiyatini anglab 
olishdi deb aytib bo‘lmaydi. Uning kelib chiqish sabablari, 
jamiyatning iqtisodiy hayotidagi o‘rni, u borasidagi davlat 
siyosatining optimal yo‘nalishlarini ishlab chiqish to‘g‘risida fikr 
yuritishdan oldin, hatto, uning aniq ta’rifi bo‘yicha bahslar davom 
etmoqda. 
Norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish tarixini shartli ravishda ikki 
bosqichga ajratib o‘rganish mumkin: 
I bosqich (1970-1980 y.): empirik tadqiqotlar, birlamchi 
axborotni to‘plash. 
II bosqich (1980-1990 y.): chuqur iqtisodiy-nazariy tahlil, 
to‘plangan axborotni anglab yetish. 


Xorijiy mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish 
qanday kechkanligini quyida ko‘rib chiqiladi. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin