Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

soliq to‘lashdan 
bo‘yin tovlashga qarshi kurash oralari sifatida Xronometraj, 
pasportlashtirish, reydlar, offshor zonalar bilan tuzilgan 
bitimlarni monitoring qilish, soliqqa oid huquqbuzarliklar 
haqida xabar berish uchun veb-portal va elektron tizimlardan 
foydalanishni yanada kuchaytirish belgilandi.
1. Xronometrajning roli oshadi.
Unda tushum yoki xodimlar 
soni kamaytirilganligi aniqlansa, oxirgi hisobot davri uchun soliqlarni 
qo‘shimcha to‘lashga to‘g‘ri keladi. Kamaytirib ko‘rsatish takroran 
aniqlanganda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash deb malakalanadi. Naqd 
pul tushumi kelib tushishining xronometraji – soliq nazorati shakli 
bo‘lib, bunda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari 
joyning o‘zida soliq to‘lovchiga kelib tushayotgan pul tushumini 
kuzatadilar va qayd etadilar 
(Soliq kodeksining 71-moddasiga 
qarang)
. Bunda soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan 
bo‘yin tovlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-
moddasi bo‘yicha jazoga olib keladi 
(jarima: fuqarolarga – 10 
EKIHgacha, mansabdor shaxslarga – 15 EKIHgacha)
.
2. Soliq to‘lovchilarning pasportlashtirilishi joriy etilmoqda.
Uning natijalari bo‘yicha tuzilgan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladi. 
Ilgari statistika organlari ishlab chiqarish korxonalari va qurilish 
tashkilotlari uchun pasportlashtirishni joriy etganlar. 


3. Manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda 
quyidagilarni 
aniqlash yuzasidan
 qo‘shma reydlar o‘tkaziladi:
• 
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar; 
• 
yashirilgan soliq solish ob’ektlari; 
• 
noqonuniy olib kirilgan tovarlar yetkazilishi, saqlanishi va 
realizatsiya qilinishi; 
• 
yashirin sexlar. 
Reyd
– soni cheklanmagan shaxslar (amalda «qo‘lga 
tushganlar») yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat tadbiri (tekshiruv). 
Shu o‘rinda hozir reydlar Soliq kodeksining 67-moddasida 
keltirilgan 
soliq 
nazoratining 
shakllari 
ro‘yxatiga 
kiritilmaganligini qayd etib o‘tamiz. Soliq tekshiruvi shakllari va 
turlari ro‘yxatida ham reydlar ko‘rsatilmagan 
(Soliq kodeksining 
85, 86-moddalariga qarang)
. Reydga eng o‘xshash soliq 
tekshiruvi turi – bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va 
ularga tutash avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida 
bir martalik yig‘im, ijara to‘lovi to‘liq kelib tushishi va 
topshirilishini hisobga olish, fiskal xotirali nazorat-kassa 
mashinalari, plastik kartochkalar orqali to‘lovlar qabul qilinadigan 
hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi, shuningdek savdo va 
xizmatlar 
ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi qismida 
o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruv. Bunday tekshiruvni 
o‘tkazish 
to‘g‘risidagi 
buyruqda 
aniq 
soliq 
to‘lovchi 
ko‘rsatilmaydi, u nazorat xaridi o‘tkazilishini ham o‘z ichiga olishi 
mumkin. Bunday qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkaziladigan 
holatlar ro‘yxati kengaytirilib, boshqa sohalarni ham qamrab 
olinadigan ko‘rinadi. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin