Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Soliqlardan qochish.
Offshor zonada soliqlardan qochishning 
sxemalari oddiy, ammo ulardan foydalanish uchun yaxshi shart-
sharoit yaratish kerak xolos. Masalan, offshor kompaniya xodimlari 
maoshidan daromad solig‘i to‘lamaslik uchun ularni katta mablag‘ga 
sug‘urtalanadi va ish haqi sug‘urta holatlari yo‘qligiga mukofot puli 
tariqasida to‘lanadi. Bu ham mablag‘ni iqtisod qilishning o‘ziga xos 
yo‘lidir. Eng yaxshisi offshor kompaniyalar zanjirini tizishdir, 
negaki, bittasi biznesning o‘sayotgan talabiga bas kelolmaydi. 
Hozirgi paytda 70 foizdan ortiq korxonalar va mulkdorlar offshor 
biznesiga ega, ularning soni tobora o‘smoqda. 
Offshor sxemalar prinsiplari. 
Rossiyaning offshor xizmatlari 
spektrining kengayishi to‘liq ravishda jahonning bu sektorini 
rivojlantirish tendensiyalariga mos keladi. Hozirgi paytda offshor 
biznesi faol ravishda investitsion va emission xarakterli 
operatsiyalarini o‘zlashtirmokda. Offshor moliyaviy markazlarida 
chiqarilgan aksiya va obligatsiyalar yanada kengroq ravishda 
90
https://kun.uz/news/2018/04/30/rossialik-tadbirkorlar-britania-ofsorlarida-
kanca-mablag-saklasi-ajtildi 
91
https://kun.uz/news/2020/05/23/ozbekistonda-ofshor-yurisdiksiyalarning-
royxati-tasdiqlanadi 


dunyoning turli moliyaviy bozorlariga kiritilyapti. Offshor zonalarida 
kapital bozori va moliya bozori sub’ektlarining barcha ko‘rinishlari 
mavjuddir. Biroq avvalo ba’zi offshor firmalarning boshlang‘ich 
imkoniyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Offshor operatsiyalarining oddiy sxemasi soliq qonunchiligining 
unversal prinsiplariga asoslanadi. Bunda majburiy soliqlarga ushbu 
mamlakat hududida joylash daromad manbalari kiradi. Agar daromad 
manbasi chet elda bo‘lsa yoki yetarlicha aniq lokallashtirilgan bo‘lgan 
hollarda, u ushbu yurisdiksiyadagi soliq ma’suliyati muhitidan 
chiqarib tashlanishi mumkin. Masalan, bunday vaziyat dallollik 
(broker, makler, diller) xizmatlarida, tashqi savdo xizmatlarida, 
konsultatsiyalar biznesi va shu sektorning boshqa tarmoqlarida 
yuzaga keladi. Bunday yo‘llar bilan olingan daromadlar offshor 
firmalar hisob raqamlariga kelib tushishi mumkin. Offshor 
biznesining ma’nosi shundaki, chet elda xo‘jalik operatsiyalarining 
yangi “erkin” sub’ekti paydo bo‘ladi va u to‘liq offshor zona 
joylashgan mamlakat tadbirkorining nazorati ostida bo‘ladi.
Offshor kompaniyasi tashqaridan qaraganda offshor zona 
joylashgan mamlakat firmasining mustakil xorijiy hamkori bo‘lib 
ko‘rinishi mumkin. Bunda offshor firmalar ishlatilishi bilan soliq 
rejalashtirishning keng tarqalgan usullarga asoslangan. O‘zining 
oddiy to‘yinishiga qaramay, bu kabi sxemalarning barcha detallari 
yaxshilab qayta ishlashni talab etadi. Chunki soliq va valyuta nazorati 
qonunlari doimo o‘zgarib turadi. Offshor firmasi boshqaruvchisi 
nomidan shartnomalar tuzish, mulk va bankdagi hisobdan 
foydalanish, soliqlarni rejalashtirishning eguluvchan mexanizimini 
yaratadi 
va 
boshqa 
ishbilarmonlar 
maqsadlariga 
erishishi 
ta’minlanadi. Offshor firmasiga egalik qilish xalqaro huquq normalari 
va ushbu offshor firma qayd etilgan yurisdiksiya qonuniyati bilan 
kafolatlangan maxfiy xarakterga ega. 
Offshor firmasini ishlatishning keng tarqalgan usuli bu – uning 
vakolatxonalarini hamda kichik kompaniyalarini offshor zona 
joylashgan mamlakatlarda yaratishdir. Oqibatda offshor zona 
joylashgan mamlakatda doimiy ofisga ega kompaniya boshqa chet el 
banklaridagi hisoblaridan foydalanish, turli xil xalqaro savdo 
operatsiyalarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda offshor 


kompaniyaning biznesi uning vakolatxonasi orqali olib boriladi, 
hisob – kitoblar esa uning chet el banklardagi hisob raqamlari orqali 
olib boriladi. “DC Ekspres” kompaniyasi an’anaviy ravishda chet el 
kompaniyalari vakolatxonalarini yaratishga (faqat Rossiyada emas, 
balki boshqa davlatlarda ham) juda katta ahamiyat bermoqda. Ko‘p 
hollarda bu kabi yondashuv offshor firmaga taa’luqli sxemalar 
doirasida, rezident (ya’ni mamlakat “ichkarisida” olib boriladigan) 
operatsiyalar yuritishga yo‘l qo‘yadi. Natijada offshor loyihasining 
ishbilarmon imkoniyatlari sezilarli ravishda kengayadi. Offshor 
kompaniyasiga egalik qilish ko‘prok “lokal” hamda shunday zarur 
ustunliklarni ta’minlaydi. Turli xil ishbilarmon hamda hayotiy 
vaziyatlarda xorijdagi shaxsiy kompaniya nomidan imzo chekish 
huquqi va chet el bankidagi hisob raqamini operativ boshqarish 
imkoniyati zarurdir. Ko‘plab munosabatlarda offshor firmasi bu – 
“doimo siz bilan birga bo‘lgan kompaniyadir”. Bunda unga 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarga xarajat qilish kerak 
emas. Hattoki, offshor firmasidan operatsiyalar hajmi yetarlicha katta 
bo‘lsa ham, murakkab bo‘lmagan kompyuter dasturi bilan shuni hal 
qilsa bo‘ladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning turli tuman talablariga 
xizmat qiluvchi, offshor operatsiyalarining keng turi mavjud. Bular 
qatoriga offshor zona joylashgan mamlakat va xorijdagi hisob 
kitoblarda qo‘llaniladigan offshor kompaniya nomiga ochilgan 
korporativ debet va kredit kartochkalar kiradi.
Offshor firmalar orqali xorijiy banklarning kredit resurslariga, 
xalqaro depozitlar bozori hamda kapital va investitsiyalarni 
boshqaruvi xizmatlariga yo‘l ochiladi. Offshor firmasi egasida 
moliyaviy vositachilar (o‘rtakash, dallol) va ish faoliyati tuzilmasi 
hakida keng tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Offshor firmasi – 
bundan bir vaqtning o‘zida riskni boshqarish vositasidir. Offshor 
firma orqali mablag‘larni xorijdagi birinchi darajali banklarga 
joylashtiriladi. Bu firma o‘zini siyosiy va iqtisodiy silkinishlardan va 
boshqa risklardan ham xavfsizlantirishi mumkin. Moliyaviy servis, 
sarmoyalar, valyutali diling, xalqaro soliq kelishuvlari tarmog‘ining 
o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda daromadlarning qulay 
yo‘nalishini topish xorijiy mulkka egalik qilish va foydalanish, 
transfert operatsiyalari va aktivlarning firmaning ichki qayta 


taqsimotini amalga oshirish, xolding turidagi tashkiliy huquqiy 
kompaniyani yaratish kabi ko‘pgina operatsiyalar ro‘yxati, offshor va 
boshqa “imtiyozli” xorijiy kompaniyalarni ishlatishni (foydalanish) 
talab qilmoqda. 
Mahalliy biznesda offshor kompaniyalardan xalqaro sarmoyalar 
uchun foydalanishda ma’lum bir ijobiy tajribalar yig‘iladi. O‘zining 
mahalliy yirik moliyaviy sanoat guruhlari va korporatsiyalari 
tarkibida jahon darajasidagi firmalar va qizlik sho‘‘ba korxonalar 
yaratiladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kompaniyalarning offshor 
maqomi ularga o‘z faoliyatlari davomida soliqlarni maksimal 
darajadan tushirishni, xatto yo‘q qilish, ya’ni butunlay soliqlardan 
ozod bo‘lishni ta’minlaydi. Faqatgina bu maqom talabi, biznes 
operatsiyalarini o‘z qonunchiligidan tashqarida olib borishni talab 
qiladi. Ya’ni offshor kompaniyasi o‘z qonunchiligini rezidenti bo‘la 
olmaydi. Offshor kompaniya egalarining kim ekanligi esa sir 
saqlanadi. Hozirgi davrda murakkab tizimligiga qaramay offshor 
biznesi rivojlanib bormokda. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin