Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

norasmiy iqtisodiyot
yuqori egiluvchanlik va 


yashovchanlikni namoyon etadi. E. de Soto konsepsiyasiga muvofiq, 
XVIII asrdagi zamonaviy kapitalistik sanoatga tamal toshi qo‘ygan 
sanoat inqilobining o‘zini sex tizimini mahkam muzlatish hamda 
savdo va boshqa monopoliyalarni mutloq ustun qo‘yishga uringan 
“norasmiy” kapitalistlarning merkantilistik davlat tartibga solishi 
bilan kurash natijasi sifatida o‘rganish mumkin. Aynan norasmiy 
ishlab chiqaruvchilarning “tinch inqilobi” zamonaviy “uchinchi 
dunyo” mamlakatlarida raqobatli bozor muhitini yaratadi. Va nihoyat, 
Rossiya va sobiq “sotsialistik lagerning” boshqa mamlakatlaridagi 
tadbirkorlik aynan ilgari taqiqlangan yashirin biznes an’analari 
negizida rivojlanmoqda. 
Norasmiy iqtisodiyot
o‘z tabiatiga ko‘ra, bozor va raqobatli 
tavsifga 
ega. 
Nazorat 
qiluvchi 
tashkilotlar 
kuzatuvidan 
yashirinayotgan mayda ishlab chiqaruvchilar faqat bir-biridan 
alohidalashgan 
xaridorlarning 
to‘lovga 
qobil 
talabigagina 
yo‘naltirilishlari mumkin. Norasmiy ishlab chiqarish asosan, 
kapitaldan emas, balki mehnat resurslaridan foydalanadilar 
(boshqacha aytganda, 
norasmiy iqtisodiyot
inson kapitali jismoniy 
kapitalga qaraganda muhimroq). Norasmiylar tomonidan ishlab 
chiqariladigan mahsulot legal tadbirkorlar tomonidan ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar kabi taxminan bir xil sifat darajasiga (yoki 
bir muncha pastroq) ega, ammo pastroq xarajatlar bilan ishlab 
chiqariladi (norasmiy biznesmenlar soliqlar va ijtimoiy to‘lovlarni 
to‘lamaslik qonuniga bo‘ysunish xarajatlarini tejaydilar, ish haqini 
qonunan belgilangan minimumdan past darajada to‘lashlari mumkin 
va h.k.) Umuman, norasmiy sohadagi daromadlar darajasi rasmiy 
sohadagiga nisbatan bir muncha past yoki unga taxminan teng, biroq 
daromadlarning tabaqalashuvi juda yuqori. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin