KIRISH
Xufyona iqtisodiyot (uni
norasmiy, kuzatilmagan, yashirin
iqtisodiyot deb ham atashadi) insoniyat jamiyatida davlat boshqaruvi
shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab mavjud bo‘lib, hozirgi
vaqtga kelib dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb
muammoga
aylangan.
Xufyona
iqtisodiyotning
rivojlanishi
miqyoslari har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi ijtimoiy-
iqtisodiy holatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va
boshqarish xususiyatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun har bir
mamlakat iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyotning o‘rni
va roli ham
turlichadir. Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xufyona
iqtisodiyotning miqyoslari rivojlangan mammlakatlarda birmuncha
kamroq, rivojlanayotgan, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish
maqsadida chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan sobiq sotsialistik
mamlakatlarda kengdir. Shu boisdan xufyona iqtisodiyotning
mohiyati, vujudga kelish va rivojlanish sabablarini, ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotga ta’sirini, uni ko‘lamlarini
keskin kamaytirish, unga
qarshi kurash masalalarini o‘rganish, tadqiq qilish barcha davlatlar
uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda bu masalalar
xx asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy jihatdan tadqiq etilmoqda.
Iqtisodiyot fanida iqtisodiyotning zamonaviy taraqqiyoti
xususiyatlari institutsional iqtisodiyot nuqtai nazaridan jamiyatda
amal qiluvchi formal va noformal institutlarning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotga ta’siri sifatida tadqiq qilinmoqda.
Shartli ravishda
iqtisodiy-huquqiy tadqiqotlarni uch yo‘nalishga bo‘lib tadqiq etish
mumkin:
1) huquqning iqtisodiy nazariyasi (konsepsiyalari) – legal biznes
faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalarining iqtisodiy
samaradorligini (R.Kouz, R.Pozner va boshq.), hamda huquqiy
normalarning xo‘jalik amaliyotiga ta’sirini (R.La Porta) o‘rganish;
2) xufyona (yashirin) iqtisodiyotni o‘rganish – rasmiy hisob-
kitob va nazoratdan yashirinadigan va ko‘pchilik hollarda noqonuniy
xarakterga ega xo‘jalik faoliyati (E. De Soto);
3) jinoyat va javobgarlikning iqtisodiy nazariyasi –
kasbiy
faoliyatning alohida turi sifatida jinoyatchilarning faoliyatini, hamda
jinoyatchilikni kamaytirishning turli uslublarini samaradorligini
o‘rganish (G.Bekker va boshq.)
Ushbu uch yo‘nalish ko‘pchilik hollarda ustma-ust tushadi, lekin
predmet va metodlardagi farq sezilib turadi. Huquqning iqtisodiy
nazariyasi rasmiy (“oq”) iqtisodiyotni o‘rganishadi; xufyona
iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar asosan norasmiy (“kul rang”)
sektorga e’tibor qaratishadi; jinoyatchilikning
iqtisodiy nazariyasi
kriminal (“qora”) biznesni o‘rganishadi.
Huquqning iqtisodiy nazariyasi va jinoyatchilikning iqtisodiy
nazariyasi neoinstitutsionalizmning oqimlari hisoblanadi. Xufyona
iqtisodiyotni tadqiq etish bilan ko‘pincha an’anaviy institutsionalizm
namoyandalari bo‘lgan iqtisodchi va sotsiologlar shug‘ullanishadi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyot va jamiyatning globallashuvi,
integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi mamlakatlar
o‘rtasidagi rasmiy chegaralarning yemirilib borishiga olib kelmoqda.
Rivojlangan dunyo birlashib chegaralarni yo‘q qilib ittifoqlar tashkil
etmoqda. Bunday sharoitda dunyoning har qanday burchagida yuzaga
kelgan ilg‘or (ham yaxshi, ham yomon ma’noda)
usullar jadal
ravishda butun dunyoga tarqab ketmoqda. Shu sababdan
iqtisodiyotning norasmiy iqtisodiyotni namoyon bo‘lish shakllarini,
ularni aniqlash va baholash usullarini, shu bilan birga unga qarshi
kurashi (zarur bo‘lgan hollarda) yoki legallashtirish yo‘nalishlarini
tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24
yanvarda
Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Islohotlarimizga jiddiy
to‘sqinlik qilayotgan “yashirin iqtisodiyot”ga barham berilmas ekan,
sog‘lom
raqobat
ham,
qulay
investitsiya
muhiti
ham
shakllanmaydi.Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda, xorijiy
mutaxassislarni jalb etgan holda, “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga
kelish omillarini chuqur tahlil qilib, unga qarshi kurashish dasturini
tasdiqlasin”
1
,-deb ta’kidlagan.
Xufyona iqtisodiyotning namoyon bo‘lish shakllaridan biri
bo‘lgan korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir etadi.
Shu boisdan korrupsiyaga qarshi kurash
va uning oldini olish
masalalari barcha mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий
Мажлисга мурожаатномаси. 2020 йил 24 январь.//Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь.