Abulqosimov h. P., Muminov n. G


I BOB. XUFYONA IQTISODIYOTNING TARKIBI



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

I BOB. XUFYONA IQTISODIYOTNING TARKIBI, 
SABABLARI VA OQIBATLARI 
1.1. Xufyona iqtisodiyotning mohiyati 
1.2. Xufyona iqtisodiyotni namoyon bo‘lishining asosiy shakllari 
va sohalari 
1.3. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari 
1.4. Xufyona iqtisodiyot rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatlari 
 
1.1. Xufyona iqtisodiyotning mohiyati 
Xufyona iqtisodiyot mavjudligiga dastlab 20-asrning 30-yillarida 
e’tibor bera boshladilar. XX asrning 70-yillaridan boshlab xufyona 
iqtisodiyotni ilmiy tadqiq qilish boshlandi. Xufyona iqtisodiyotni 
tahlil qilish rivojlanayotgan mamlakatlar misolida ingliz sotsiologi 
K.Xart tomonidan birinchilar qatorida boshlandi U “uchinchi dunyo” 
mamlakatlarida ko‘plab shaharliklarning rasmiy iqtisodiyotga 
aloqador emasligini aniqladi. U norasmiy iqtisodiyot atamasini ilmiy 
muomalaga kiritdi. Daromad olishning formal va noformal shakllari 
o‘rtasidagi farq ish haqi va o‘zini o‘zi ish bilan band qilish asosida 
topilgan daromad o‘rtasidagi farq sifatida izohlandi
3
. P.Gutman 
(AQSh) xufyona iqtisodiyot ko‘lamiga va roliga e’tibor qilish 
lozimligini asosladi
4
.
Fernando de Soto “Boshqa yo‘l” asarida xufyona iqtisodiyotni 
xalqning 
korrupsiyalashgan 
davlatning 
qashshoqlashayotgan 
aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishga layoqatsizligiga nisbatan 
stixiyali va ijodiy reaksiyasi (javobi) deb atadi. U tarnsaksiya 
xarajatlarini oshkoralik (legallik) va nooshkoralik (nolegallik) 
kriteriyalari asosida guruhlashni taklif etgan. 
20-asrning 70-yillar ikkinchi yarmi- 80-yillarning boshlarida 
rivojlangan mamlakatlar olimlari va siyosatchilari amaldagi 
iqtisodiyot ko‘lamlari rasmiy iqtisodiyot ko‘lamlaridan ortiqroq 
ekanligini aniqladilar. E. Feyg xufyona iqtisodiyot ko‘lami 70-
3
Hart K. Informal Urban Income Opportunities and Urban Employment in Ghana 
//Journal of Modern African Studies.1973.Vol. 11. №1. P.61-90). 
4
Gutmann P. The Subterranean Economy // Financial Analysts Journal. 1977. № 
34. Р. 20. 


yillarning oxirida AQSh rasmiy YaIM ning uchdan bir qismini tashkil 
etishini baholadi. Bu baho AQSh Kongressining Iqtisodiy 
qo‘mitasida maxsus muhokama qilindi. Faygning fikriga ko‘ra, har 
bir alohida xufyona iqtisodiyot turining tafsifi uning vakillari 
buzadigan institutsional qoidalar to‘plami bilan belgilanadi, ya’ni 
ularning faoliyati qoidalar va normalarning o‘rnatilgan tizimi 
doirasidan tashqariga chiqadi yoki uni chetlab o‘tadi va, o‘z 
navbatida, o‘lchanmaydi va ijtimoiy jihatdan hisobga olinmaydi
5

1991 yilda Jenevada Yevropa statistiklarining yashirin va 
norasmiy iqtisodiyotga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. 
Uning 
materiallari 
asosida 
rivojlangan 
bozor 
iqtisodiyoti 
mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot statistikasi bo‘yicha maxsus 
ko‘rsatmalari nashr etilgan. 
Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli ta’riflar 
berilgan: 
1. Xufyona iqtisodiyot qonun asosida man qilingan faoliyat 
turlari deb ta’riflanadi. 
2. Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va 
yashirin faoliyat turi. 
3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga 
ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda 
ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot 
tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortishdan chetda qoladi
6

Xufyonalik – shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda 
mavjud huquq(qonun) normalaridan foydalanishdan bo‘yin tovlash 
va yozilmagan huquqqa, ya’ni an’analar va urf-odatlarda qayd etilgan 
normalarga hamda mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash 
yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq doirasidan 
chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan iborat
7

Xufyona iqtisodiyot

nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalar, 
jamiyatdagi iqtisodiy mynocabatlapni o‘z ichiga oluvchi murakkab 
5
Qarang: Файг Э. Определение и оценка подпольной и неформальной 
экономики: нео-институциональный подход. –М.: РТТУ, 2000. -147 с. 
6
Qarang: Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: 
назария ва амалиёт. Ўқув қўлланма.-Т.: Ноширлик ёғдуси, 2019.-485-бет. 
7
Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: назария ва 
амалиёт. Ўқув қўлланма.-Т.: Ноширлик ёғдуси, 2019.-485-бет.


ijtimoiy-iqtisodiy voqelik, balki, avvalo, jamiyat tomonidan nazorat 
qilib bo‘lmaydigan, mamlakat aholisining bir qismini tashkil 
qiluvchilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarni qondirish, ya’ni katta 
miqdorda qo‘shimcha daromad (foyda) olishni ko‘zlab davlat 
organlari boshqaruvi va nazoratidan yashirgan holda, davlat va 
nodavlat mulkdan hamda iqtisodiy boylik, tadbirkorlik qobiliyatidan 
jinoiy yo‘l bilan foydalanishdir.
Xufyona rejimda almashuvlarni amalga oshirish ham xarajatlar 
bilan bog‘liq. Xarajatlarning bir turida tejalishga erishgan xufyona 
iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sub’ektlar boshqa xarajatlarni 
ko‘proq amalga oshirishadi – ular «xufyonalik bahosi»ni to‘lashga 
majburdirlar. Xufyonalik bahosi bir necha unsurlardan tarkib topadi. 
1. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin