Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Huquqiy qoidalardan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq xarajatlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: soliq va boshqa moliyaviy 
maslahatchilar xizmatlariga haq to‘lash; ishlab chiqarish hajmining 
cheklanishi va reklama natijasida yo‘qotilgan foyda (korxona 
qanchalik katta bo‘lsa va u reklama kampaniyasini qanchalik faol 
yuritsa, nazorat qiluvchi organlarning e’tibori doirasiga tushish 
imkoniyati unda shunchalik katta); «ikkiyoqlama» buxgalteriyani 
yuritish xarajatlari va shu munosabat bilan yuzaga keladigan 
korxonadagi hisob yuritish va nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan 
ko‘riladigan yo‘qotishlar. 
2.
Daromadlar transferti bilan bog‘liq xarajatlar
. Barcha 
iqtisodiy sub’ektlar bilvosita soliqlar va inflyatsiya solig‘ini 
to‘lashadi. Lekin oshkora iqtisodiy sub’ektlardan farqli o‘laroq, 
xufyona iqtisodiy sub’ektlar buzilgan mulkchilik huquqlarini 
himoyalash yuzasidan davlatga murojaat eta olishmaydi. Bunga, 
shuningdek, kredit olish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni ham 
qo‘shimcha qilish lozim. 
3.
Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan 
bog‘liq xarajatlar
. Daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta fondiga va 
pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan bosh tortish korxonaga 
ish haqini to‘lashga tejash imkonini beradi, lekin bunda mehnatning 
o‘rnini sarmoya bilan bosish va texika bilan qayta jihozlashdan 
manfaatdorlikni pasaytiradi. De Soto xufyona qayd etilgan 
mulkchilik huquqlarini ta’riflash uchun «jonsizlantirilgan kapital» 


atamasidan foydalanadi: ushbu kapitaldan garov sifatida foydalanish, 
uni garovga investitsiya qilish, erkin sotish, ba’zan esa shunchaki 
meros qilib qoldirish mumkin emas. 
4.
Shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan 
bog‘liq xarajatlar
. Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda 
ko‘plab iqtisodiy sub’ektlar ishtirok etadigan uzoq muddatli 
loyihalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradi. Shartnomani qayta 
ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilgan hollarda sud yoki arbitrajga murojaat 
eta olishmaydi. 
5.
Xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan 
bog‘liq xarajatlar
. Faoliyatni va uning natijalarini qonundan 
yashirishga urinish xufyona bitim ishtirokchilari doirasini mumkin 
qadar cheklashga undaydi.
6.
Nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish 
xarajatlari
. Yuzaga kelgan nizolarni hal etish uchun birinchidan, ko‘p 
sonli qarindoshlar, yurtdoshlar va boshqa «o‘zinikilar» bilan yaxshi 
munosabatlarni ushlab turish e’tibor belgilarini qaratish uchun vaqt 
va xizmatlar almashish uchun mablag‘lar talab qiladi. Ikkinchidan, 
sud va kuchlilik tuzilmalari funksiyasini bajaruvchi mafiya 
xizmatlariga murojaat etish o‘ziga xos soliqni to‘lash zarurati bilan 
shartlangan
8
.
Xufyona 
iqtisodiyotga 
kategoriya 
sifatida 
metodologik 
yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
– iqtisodiy yondoshuvda xufyona iqtisodiyot global, makro- va 
mikrodarajada, shuningdek, institutsional jihatlari tadqiqi qilinadi; 
– huquqiy yondoshuvda tartibga solishning normativ tizimiga 
munosabati, ya’ni rasmiy, davlat ro‘yxatiga olishdan, nazoratidan 
qochish e’tiborga olinadi; 
– hisob-statistik statitik organlarda ro‘yxatga va hisobga 
olinmagan; 
– kriminalogik yondashuvda jamiyatga, shaxsga zarar 
keltiruvchi faoliyatlar hisobga olinadi; 
– kompleks yondashuvda barcha yondashuvlar va kriteriyalar 
asosida xufyona iqtisodiyot tadqiq qilinadi; 
8
Беркинов Б.Б

Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. Беркинов; 
ТДИУ, Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. 
– 66-68-бетлар.


– kibernetik yondashuvda xufyona iqtisodiyot o‘zini o‘zi 
tartibga soluvchi va boshqaruvchi tizim sifatida qaraladi, xufyona 
iqtisodiyot rivojlanishini prognozlashtirishning iqtisodiy-matematik 
modellari ishlab chiqiladi (1.1.1-rasm). 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin