Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

 
 
1.1.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotga metodologik yondoshuvlar
9
 
 
Xufyona iqtisodiyot sohasidagi faoliyat miqyosi va xarakterining 
o‘zgaruvchanlik chegaralari juda kengdir – jinoiy faoliyatdan 
(masalan, narkobiznesdan) olinadigan katta daromadlardan tortib, to 
tuzatilgan jo‘mrak uchun vodoprovodchi ustani bir shisha aroq bilan 
“mukofotlash”gacha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Xufyona iqtisodiy 
faoliyat o‘zining natijaviyligi ko‘ra ishlab chiqarish va qayta 
taqsimlash faoliyatlari turlariga bo‘linadi. Rasmiy iqtisodiyotga 
munosabati bo‘yicha xufyona iqtisodiyotning ichki iqtisodiyot va 
parallel iqtisodiyot kabi turlari mavjud. Xufyona iqtisodiyotning 
takror ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha quyidagi turlari 
aniqlanadi: 
9
Кормишкина Л.А., Лизина О.М. Теневая экономика: учеб.пособие для вузов 
/Л.А. Кормишкина, О.М. Лизина.-Саранск: Мордов. Ун-та, 2009.-С.11 asosida 
mualliflar tomonidan tuzildi. 
Xufyona iqtisodiyotga metodologik 
yondashuvlar
iqtisodiy 
huquqiy 
krimonologik 
kibernetik 
hisob-statistik 
kompleks 


– xufyona ishlab chiqarish; 
– xufyona taqsimot; 
xufyona ayirboshlash
– xufyona iste’mol. 
Xufyona ishlab chiqarish noqonuniy, hisobga olinmagan, 
yashirin, mayda ishlab chiqarish, sifatsiz mahsulotlar chiqarish, 
ishlab chiqarish resurslaridan noratsional foydalanishda namoyon 
bo‘ladi. 
Xufyona taqsimlash daromadlarni noqonuniy taqsimlash, maxsus 
taqsimot, davlat mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, fuqarolar xususiy 
mulkiga tajovuz qilish va unga nisbatan jinoyatlarda ifodalanadi. 
Xufyona ayirboshlash noqonuniy savdo, xaridorlarni aldash, 
noqonuniy tarzda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish shakllarida 
yuz beradi. 
Xufyona iste’mol noqonuniy yo‘l bilan topilgan ne’matlarni 
iste’mol qilish, xizmatlardan noqonuniy foydalanish, jamiyatda qabul 
qilinmagan, kishilarning destruktiv ehtiyojlarini qondirishga 
mo‘ljallangan mahsulotlarni iste’mol qilish hamda ana shunday 
xarakterdagi xizmatlardan foydalanish (Qarang: 1-.1.1-jadval). 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin