8.3.3-jadval
Qotillik jinoyatlari uchun davlat budjetidan xarajatlar YaIMga
nisbatan, mln.AQSh dollarida
2010
2011
2012
2013
2014
O‘rtacha
Argentina
0,05
0,05
0,06
0,06
0,07
0,06
Bagam orollari
0,47
0,64
0,52
0,48
0,53
Barbados
0,13
0,11
0,09
0,09
0,06
0,1
Braziliya
0,22
0,18
0,25
0,24
0,24
0,23
Chili
0,04
0,05
0,04
0,04
0,05
0,04
Kolumbiya
0,44
0,39
0,36
0,33
0,28
0,36
Kosta Rika
0,21
0,2
0,36
0,17
0,36
0,18
Ekvador
0,23
0,2
0,36
0,15
0,1
0,17
El Salvador
0,8
0,82
0,48
0,61
0,94
0,73
Gvatemala
0,39
0,38
0,35
0,34
0,36
0,36
Gonduras
2,24
2,63
2,31
1,89
1,62
2,14
Yamayka
0,61
0,42
0,38
0,45
0,36
0,44
Meksika
0,2
0,19
0,17
0,36
0,13
0,17
Paragvay
0,25
0,25
0,22
0,21
0,21
0,23
Peru
0,06
0,06
0,07
0,08
0,06
0,07
Trinidad va
Tobago
0,31
0,22
0,21
0,24
0,24
Urugvay
0,07
0,07
0,09
0,09
0,09
0,08
Lotin
Amerikasi va
Karib basseyni
bo‘yicha
o‘rtacha
0,4
0,4
0,35
0,33
0,32
0,36
Jami
(mln.AQSh
dollarida)
9,776.3 10,026.6 11,433 11,012.1 10,480.9 10,545.8
Garri Stanley Bakker 1930-yil, 2-dekabrda AQSh da tug‘ilgan.
Chikago iqtisodiyot universiteti sotsiologiya va iqtisodiyot professori,
Chikago iqtisodiyot universitetining uchinchi avlodi yetakchisi.
Faoliyati va o‘limidan keyin 6 ta AQSh va xalqaro darajadagi
mukofotlar bilan taqdirlangan. Shulardan eng nufuzlisi1992-yil
iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotidir. Iqtisodchi Milton Fridmen
uni XX asrning ikkinchi yarmida yaxshagan eng yaxshi ijtimoiy
sohadagi olim deb atagan bo‘lsa, Jastin Volfers uni oxirgi 50 yildagi
eng yaxshi sotsiolog deb atagan. U o‘zining asarlarida sotsiologiya va
iqtisodiyotni, xususan, diskriminatsiya, oila tuzilmasi va jinoyat
o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur tadqiq etgan. Masalan, jinoyat sodir
etishda insonning ijtimoiy onggi eng birinchi o‘ringa qo‘ygan.
Bakkerning Jinoyat va jazo iqtisodiy nazariyasida keltirilishicha
“insonlar jinoyatlarni sodir etish jarayonida har doim kuchli ruhiy va
ahloqiy bosim ostida bo‘ladi. Ba’zilar jinoyatni ruhiy bosim ostida sodir
etsa, boshqalar uni ongli ravishda jinoyat qilgandan keyingi va jinoyat
qilmagandagi naflilikni solishtirib ko‘rish orqali amalga oshiradi. Ya’ni
jinoyatdan keladigan foyda, shu jinoyatni sodir etmaslikdan keladigan
nafdan ustun bo‘lsa, bu jinoyatchiga o‘ziga xos rag‘bat bo‘ladi. Uning
etirof etishicha, bazi jamiyatlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun
va uni oldini olish uchun katta mablag‘ sarf etilsa ham, jinoyatchilarga
aynan belgilangan jazoning ahamiyati juda past. U shunday jamiyatlarda
jinoyatlar uchun jazoni keskin oshirishni taklif qiladi. Ya’ni jinoyatchi
ratsional qaror qabul qilayotganda jinoyatsizlik holati uning uchun
foydali ekanligini bilishi kerak”
Bakker o‘zining “A treatise on the family” (Oilada bir asar)
kitobida jamiyatda jinoyatchilar guruhining shakllanishida oilaning
ahamiyati juda yuqoriligini alohida muammo sifatida e’tirof etgan.
Uning fikriga ko‘ra bolaning o‘zining qiziqishlari orqali sodir
etadigan harakatlariga qaraganda, oilasida unga bo‘lgan e’tibor va uni
qaysidir harakatga yo‘naltirish katta ahamiyat kasb etishini
ta’kidlaydi. Oilada ota-ona oilasining yaxshi hayot kechirishi uchun
ko‘proq daromad topishni birinchi o‘ringa chiqaradi, natijada oiladagi
bolalarga etibor pasayadi. Bu etiborsizlik esa bolada o‘siga nisbatan
xudbinlikni kuchaytiradi va uni qalbida bolaligidayoq jamiyatga
nisbatan nomuvofiq g‘oyalar shakllanishni boshlaydi. Shuning
uchun, Bakker bu nazariyani buzilgan bola yoki yomon ahloqli bola
nazariyasi deb nomlaydi.
Bakker g‘arbda birinchilardan bo‘lib, oilani iqtisodiyotga tasir
etuvchi katta kuch sifatida tadqiq etgan iqtisodchi-sotsiologlardan
hisoblanadi. U hatto oila ham o‘zining iqtisodiyotini rejalashtirish
kerakligini ta’kidlaydi. U jamiyatda oilalarning ajrashuvi, ikki
insonning oila qurishi, oila azolari orasidagi bir-biriga bo‘lgan o‘zaro
hurmat va g‘amxo‘rlik uzoq muddatli iqtisodiyotda mamlakat
iqtisodiyotiga funksional ta’sir etishini ta’kidlagan. U o‘zining 70-
yillarda Chikago universitetida oila mavzusida olib borgan ko‘p yillik
izlanishlari natijasida jamiyatning umumiy taraqqiyotida oila
iqtisodiyoti, xususan, turmush qurish, ajrashish, oila hajmini
rejalashtirish, daromadlar darajasining mutanosibligi hamda oilada
bolalar tarbiyasiga sarflanadigan vaqt kabi tushunchalarni va ular
orasidagi korrelyatsiyani chuqur tadqiq etgan.
Dostları ilə paylaş: |