2. Jinoyatchilik va madaniyat.
Ilgari ta’kidlanganidek, jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot
nazariyasi
neoinstitutsional
nazariya
bo‘lib, ma’naviy-etik
baholashlar va g‘oyaviy og‘ishlardan tubdan voz kechishga tayanadi
(umuman, neoklassiklar kabi) Neoinstitutsionalistlar uning kuchi
mana shunda, deb hisoblaydilar. Ammo uning ojizligi ham mana
shunda bo‘lishi mumkinmi?
Amerika madaniyati uchun hayotning barcha tomonlarini bunday
mahalliy monetarizatsiyalash to‘la tabiiy va umumqabul qilinganligi
bilan kelishish mumkin. Ammo shu singari yondoshuvlar boshqa
madaniy
an’analarning vakillari tomonidan o‘zlashtirilishi
mumkinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, u holda yangi iqtisodiyot nazariyasi
“intellektuallar uchun o‘ziga xos o‘yin”ni yuzaga keltirib, riskka
boradi yoki yaxshi vaziyatda faqat Amerika madaniyati uchun
shunday immanent hodisa bo‘lib qolishi mumkin, aytaylik, beysbol
yoki “siyosiy korrektorlik”.
Agar
jinoyatlar
va
jazolar
iqtisodiyot
nazariyasini
madaniylashgan hodisa sifatida o‘rganadigan bo‘lsak, bu yangi
nazariyani nafaqat ommaviy, balki hatto ilmiy tafakkurga ham
moslashtirish qiyinchiliklaridan dalolat beradigan ko‘pgina holatlar
sezilarli bo‘lib qoladi. Xususan, huquqni muhofaza qilish faoliyatiga
maqbullashtirish tamoyili qo‘llanishining o‘zi ham ahloqiy
noroziliklarni keltirib chiqaradi. “Majburlashsiz maqbullashtirish
amalga
oshirilayotgan
chora-tadbirlar
barcha
shakllarining
samaradorligini o‘lchash uchun asos bo‘la olmaydi, - mashhur
fransuz iqtisodchi-kriminologi Per Kopp shu nuqtai nazarni qo‘llab-
quvvatlaydi. - Masalan, natija ko‘pincha binar oppozitsiya –
mag‘lubiyat (halokat) yoki g‘alaba (muvaffaqiyat) da ifodalanadigan
harbiy sohada aniqlanadigan foydaga nisbatan xarajatlarni tejash
mantiqning asosiy tavsifi hisoblanmaydi»
167
.
Hatto Amerika iqtisodchilari orasida ham ratsionalizm yangi
iqtisodiy nazariyasi har doim ham anglab yetilavermaydi. Yetakchi
Amerika neoinstitutsionalisti Gordon Tallok yo‘llarda mashinalar
harakatining
xavfsizligi
ustidan
nazoratni
tashkil
qilishni
takomillashtirish tadbirlarini muhokama qilish paytida yuzaga kelgan
o‘ziga xos vaziyat to‘g‘risida o‘z maqolalaridan birida hikoya qiladi.
Yo‘l komissiyasi ishida qatnashuvchi nazariyachi – iqtisodchi fatal
avtohalokatlar narxlarini aniqlash va uni harakatlanish tezligi
cheklanishlaridan avtomobilchilarning yo‘qotishlari bilan taqqoslash
tamal toshi bo‘lishi kerakligini tez anglab yetdi (Mazkur masalalaning
keyingi yechimi Fillips-Voti-Eskridjning modelidan kelib chiqadi).
Biroq shu kabi masala muhokamaga qo‘yilmadi ham, shu sababli
iqtisodchi masalaning bunday qo‘yilishi injenerlarda (ayniqsa,
havaskorlik bilan) tushunishni keltirib chiqarmadi va mohir iqtisodchi
bu irratsional javobni ma’qulladi. «U o‘limlar soni va o‘z sharoiti
o‘rtasidagi nisbatni aniqlashni, ularni yo‘llarni modernizatsiyalash
bilan shug‘ullanadigan kishilarga to‘g‘ri tushuntirishni xohlamadi,
shu bilan bir qatorda, buni men bilan muhokama qilishni ham
xohlamadi», - G.Tallok shunday ajablanish hissi bilan o‘z
hamkasblarining javobini yetkazadi
168
.
Biroq agar o‘ylab ko‘rilsa, bu yerda hech qanday hayron
qoladigan narsa yo‘q. Jinoyatlar va jazolar iqtisodiy nazariyasi oxir-
oqibat “butun dunyoda, shu jumladan, inson hayotida ham narxlar
mavjudligini” aniq e’tirof etishga majbur qiladi. Shunday pul
ultraratsionalizmi amalda barcha madaniy an’analarda, diniy va
167
Корр P. Les analyses formelles des marches de la drogue // Revue tiers-monde.
1992. Т. X X X I I I . No. 131. P. 576.
168
Qarang: Tallock G. An Economic Approach to Crime // The Economics of
Crime. Cambridge (Mass.), 1980. P. 75.
dunyoviy marosimlarda qo‘llaniladi. Shu sababli bunday fikr-
mulohazalardan
madaniylashgan
falajni
nafaqat
mutaxassis
bo‘lmaganlar, balki intellektual oziqlangan iqtisodchilar ham
boshdan kechirmoqdalar.
Va nihoyat, Amerika iqtisodchilari nazariy tavsiyalari va
Amerika ma’muriyatining amaliy xatti-harakatlari o‘rtasida sezilarli
tafovut ko‘zga tashlanadi. Iqtisodchilar 1960 yillardan boshlab
uyushgan jinoyatchilik va narkotiklarni qisman legallashtirishning
samaradorligi to‘g‘risida ishonch bilan ta’kidlamoqdalar. Haqiqatan
ham, 1980-1990 yillarda FBR “Koza Nostra”ga bosim jiddiy
kuchaydi (Jon Gottining ishini eslash yetarli
169
), Lotin Amerikasi
narkokartellari bilan “urush” esa AQSh hukumati siyosatining
ustuvor yo‘nalishi hisoblanmaydi
170
. Bu nima, yetarli malakali
bo‘lmagan ma’muriyatning ommaviy o‘z-o‘ziga ishonishimi? Yoki
hatto Amerikada ham fuqarolar huquqiy siyosatning ko‘p darajada
iqtisodiyotdan tashqari mezonlar bo‘yicha muvaffaqiyatlari va
halokatlari to‘g‘risida fikrlashga moyilmi?
Qo‘yilgan savollarga bir xil javob berish hali mumkin emas.
Jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti g‘oyalari rivojlanishining o‘ttiz yili
– jamiyatga yangi ilmiy oqim munosabatining aniqlanishi uchun
yetarli, jamiyatning bu oqimga munosabati aniqlanishi uchun esa
yetarli bo‘lmagan muddatdir. Quyidagini ta’kidlash mumkin:
jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti konsepsiyalari “pul” ratsionalligi
neoklassik Ekonomiksi uchun an’anaviy doirada uzviy bo‘lib, bu o‘z
169
1992 yilda FBR ishlovchilari 7 yillik kuzatuvlardan keyin sud hukmiga ko‘ra,
“Koza Nostra” yirik “oila”laridan biri (“kapo”) ning rahbari Jon Gottining bir umrlik
qamoq jazosiga erishishi uddasidan chiqdilar. Amerika tartibot himoyachilarining
Italiya-Amerika mafiyasiga qarshi kurashda muvaffaqiyatlarining shu singari natijasi
AQSh da oxirgi o‘n yilliklarda boshqa mafiya tashkilotlari, eng avvalo, Lotin Amerikasi
mafiya tashkilotlarining sezilarli kuchayishi bo‘ldi.
170
1980-yy. ning oxirida huquqni muhofaza qilish organlari va kokain ishlab
chiqarishi va savdosini monopollashtirgan Kolumbiya Medelin karteli o‘rtasida haqiqiy
urush boshlanib, bu urush davomida narkobaronlar hatto Kolumbiya prezidentligiga
nomzodlarni o‘ldirishni ham tashkil qilindi. Hukumat esa kokain plantatsiyalarini o‘qqa
tutish uchun samolyotlar eskadrilyasini jo‘natdi. 1990-yy.ning boshlarida Medelinsk
narkokartelining barcha rahbarlari yo o‘ldirildi, yoki qamoqqa olindi; biroq kokain
biznesidagi yetakchilik boshqa Kolumbiya narkokarteli – Kali karteli qo‘liga o‘tdi,
narkotiklar eksporti esa qisqarganiga qaraganda tezroq o‘sdi.
navbatida, protestantlik ahloqi Islohoti davrida vujudga kelgan aks
sadolardan biridir. Bugungi kunda uning XXI asrning boshlarida
mazkur ratsionallikning yagona bo‘lmagan turi ekanligi ma’lum
bo‘ldi. Jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti g‘oyalari boshqa
madaniyatlarga qay darajada moslashgan bo‘lishi mumkinligini
keyingi tadqiqotlar ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |