Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

 
9.2. Mafiya firma sifatida
Uyushgan jinoyatchilik sivilizatsiya kabi eskidir: qaroqchilar 
floti va to‘dalari tarixning eng birinchi sahifalaridayoq uchraydi. 
Biroq taxminan bir asr avval vujudga kelgan zamonaviy uyushgan 
jinoyatchilik industrial davrgacha bo‘lgan jamiyatlar jinoiy 
tashkilotlaridan tubdan farq qiladi. Zamonaviy turdagi uyushgan 
jinoyatchilikning vujudga kelishi – bu jinoyatchilik olami 
rivojlanishining sifat jihatdan yangi bosqichidir. Zamonaviy turdagi 
uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelishi – bu jinoyatchilik olami 
172
Kriminologlar “uyushgan jinoyatchilik” to‘g‘risida sof jinoiy hamda xo‘jalik 
jinoiy guruhlariga tatbiqan gapirmoqdalar. Xorijiy kriminologiyada bu ikki hodisalar 
adolatli ravishda ajratiladi: jinoiy – gangster birlashmalarini (“Koza Nostra” xilidagi) 
“uyushgan jinoyatchilik”, xo‘jalik jinoyachilarini (“Lokxid” firmasi ishida 
qatnashuvchilar xilidagi) “oq yoqalilar jinoyatchiligi” (white-collar crime), deb ataladi. 
Uyushgan jinoyatchilikning iqtisodiy tahlili bo‘yicha yanada kompleks ma’lumotlarni 
quyidagi nashrdan topish mumkin: Economics of Organized Crime. Cambridge Univ. 
Press, 1995. 


rivojlanishining sifat jihatdan yangi bosqichidir. Agar “arxaik” 
to‘dalar marginallar, jamiyat autsayderlari hisoblansalar, u holda 
zamonaviy mafiyachilarning faoliyati asosan, qonuniy biznes asosiga 
quriladi, shuning uchun ham mafiya bozor xo‘jaligining uzviy 
muassasasi bo‘lib qoldi. 
Shu bilan bog‘liq ravishda M.Veber tomonidan yaratilgan bir-
biridan tubdan farq qiladigan “yashash istagi”
173
ikki konsepsiyasini 
eslash maqsadga muvofiq. Ilgari yaratilgan ne’matlarni qayta 
taqsimlash yo‘li bilan boyish avantyuristik xohishi (shu jumladan, 
o‘g‘irlik va talonchilik yo‘li bilan) qadimgi zamonlardan buyon turli 
jamiyatlarda 
kuzatiladi. 
Ammo 
faqat 
kapitalistik 
tuzum 
sharoitidagina boylikka iste’mol ne’matlarini ishlab chiqarish 
ratsional faoliyatining qonuniy natijasi sifatidagi munosabat 
shakllanadi. “Boylik orttirishga tashnalik” ikki turi mavjud ekan, 
uyushgan jinoyatchilikning ham ikki turi – an’anaviy va zamonaviy 
turlari amal qiladi.

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin