Noqonuniy qurol-yarog‘ning sotib oluvchisi sifatida ko‘pincha
“uchinchi dunyo” davlatlari va tashkilotlari namoyon bo‘ladi,
sotuvchilar esa rivojlangan mamlakatlar vakillari hisoblanadi.
Qonuniy xom ashyo resurslari kontrabandasi.
Shimol va
Janub o‘rtasida kontrabanda ob’ekti bo‘lib narkotik va qurol-
yarog‘dan tashqari yana “uchinchi dunyo”
mamlakatlarining
qimmatli tabiiy resurslari – birinchi navbatda,
qazilma boyliklari
(olmos, oltin, neft) namoyon bo‘ladi. Masalan, 1990-yillar oxirlarida
olmos kontrabandasi jahon olmos bozorining 20 foizini tashkil etar
edi (ularning taxminan 10 foizi - “qonli olmoslar” –
Afrika
mamlakatlaridagi urushlarda tortib olingan olmoslardir). Nomineral
tabiiy resurslar bilan noqonuniy savdoga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu
kontrabandaning umumiy miqyosi (qimmatli yog‘och
va baliq
mahsulotlari) yiliga 5-8 mlrd.AQSh dollarini tashkil etardi, yana 6-10
mlrd.AQSh dolari hajmda noyob hayvonlardan olingan xom ashyolar
(fil suyagi, karkidonning burun shoxi, oq quyruq shoxlari va boshq.)
tashkil etardi.
Dostları ilə paylaş: