Tovar markalarini qalbakilashtirish.
Hisob-kitoblar bo‘yicha
mashhur, katta talabga ega tovar markalarini qalbakilashtirish jahon
savdosining 8 foizini tashkil etadi – bu taxminan har yili 200
mlrd.AQSh dollarini tashkil etadi. Arzon qalbaki mahsulotlarning
asosiy qismi “uchinchi dunyo” mamlakatlariga (Xitoy va boshqa
Sharq mamlakatlari) to‘g‘ri kelib, ular shu faoliyat orqali jahon
bozoriga chiqishning qo‘shimcha imkoniyati sifatida foydalanishadi.
Noqonuniy migratsiya
. 1990-yillarda BMT tomonidan
tadqiqotlar bo‘yicha noqonuniy migratsiyaning jahon tizimi orqali har
yili taxminan 4 mln.kishi o‘tgan, va ushbu jinoiy biznes
tashkilotchilariga 7 mlrd.dollar hajmda daromad keltirgan. “Uchinchi
dunyo” mamlakatlaridan kelgan noqonuniy migrantlar rivojlangan
mamlakatlarda to‘planib, juda kuchli “maxfiy birlashma”ni tashkil
etadilar, va ushbu birlashmalar qonuniy xo‘jalik tizimiga juda past
sur’atlarda integratsiyalashib borishadi. AQShning migratsiya va
boshqa fuqarolikka o‘tkazish xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra 1996
yilda ushbu mamlakatda hujjati yo‘q bo‘lgan chet el fuqarolari
taxminan 5 mln.kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich mamlakat
aholisining
taxminan
2
foizni
tashkil
etadi.
Noqonuniy
migratsiyaning alohida turi sifatida xalqaro ayollar savdosi
hisoblanadi (1990-yillar oxirida ushbu savdoning hajmi yiliga 700-
800 ming kishini tashkil etgan).
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) iqtisodiy va ijtimoiy
masalalar bo‘yicha departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019
yilda jahonda xalqaro migrantlar soni 272 million kishiga yetdi. Bu
esa 2010 yilga nisbatan 51 million kishiga ko‘pdir. Xalqaro
migrantlar butun dunyo aholisining 3,5%ni tashkil etadi. Bu
ko‘rsatkich 2000 yilda 2,8%ni tashkil etgan
193
. Xalqaro migrantlar
sonining o‘sib borishiga sabab, bir tomondan rivojlanayotgan (Janub)
mamlakatlaridagi ishsizlik darajasining yuqoriligi bo‘lsa, ikkinchi
tomondan rivojlangan (Shimol) mamlakatlarida ish kuchining
yetishmasligi va malakasiz hamda kam malakali ishchi kuchlariga
talabning ortib borayotganligidir. Xalqaro migrantlarning katta qismi
norasmiy, noqonuniy migrantlar tashkil etadi. Buning natijasida odam
savdosi ham kuchayib bormoqda.
Bu muammo O‘zbekistonga ham tegishli bo‘lib, migrantlar soni
yildan –yilga ko‘payib bormoqda. 2020 yil boshida O‘zbekistonda
mehnat bozorida 13,6 million kishi ish bilan band bo‘lib, ulardan 5,6
million nafari rasmiy va 7,9 million nafari norasmiy sektorda, shu
jumladan, 2,6 million kishi mehnat migranti sifatida faoliyat
yuritmoqda. Migratsiya koeffitsiyenti taxminiy hisob-kitoblarga
ko‘ra, 7%ni tashkil qiladi. Migratsiya koeffitsiyenti O‘zbekistonda
jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan (3,2%) va aholi jon boshiga
o‘rtacha
darajadagi
daromad
to‘g‘ri
keladigan
boshqa
mamlakatlardagi ko‘rsatkichlardan (2,7%) ikki barobar yuqori.
Vizasiz tartib, tarixiy o‘zaro aloqa va rus tilini bilishi tufayli o‘zbek
migrantlarining katta qismi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda
194
(qarang:
10.2.2-rasm).
193
Qarang: International Organization for Migration (IOM), The UN Migration
Agency. World migration report 2019. International Organization for Migration. 17 route
des Morillons. P.O. Box 17.1211 Geneva 19
194
Qarang: Муҳитдинов Э.М. Аҳолини иш билан бандлигини таъминлашда
меҳнат миграциясининг роли. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)
диссертацияси автореферати.-Т., 2019.-17-бет.
|