Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

«qayta taqsimlash jinoyatchiligi» - qandaydir ishlab 
chiqarish (o‘g‘rilik, talonchilik va h.k.) bilan aloqada bo‘lmagan 
daromadlarni 
qayta 
taqsimlashga 
olib 
boradigan 
jinoiy 
faoliyatlardir

2) 
«unumdor jinoyatchilik» - qonun tomonidan taqiqlangan 
tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotishdan daromad 
keltiradigan jinoiy biznesdir.
Birinchi vaziyatda jinoiy faoliyat odatda mehnat taqsimotini 
(yoki u minimal bo‘lsada) talab qilmaydi. Bunda ko‘lam samarasi 
salbiy: jinoiy guruh sonining ko‘payishi jinoiy xatti –harakatlar (har 
bir 
ishtirokchiga 
to‘g‘ri keladigan qazib olish miqdori) 
“samaradorligi”ni 
unchalik 
oshirmaydi, 
balki 
qonun 
himoyachilarining qo‘liga tushib qolish ehtimolini kuchli oshiradi. 
Shu sababli bunday turdagi jinoyatchilik yo yolg‘iz-jinoyatchilar 
tomonidan, yoki nisbatan ko‘p sonli guruhlar tomonidan sodir etilib, 
ularning amal qilish muddati unchalik uzoq emas (ko‘pincha ular 
boshidanoq “o‘ljani yulish va qochib qolish” uchun tashkil 
qilinadi)
179

Ikkinchi vaziyatda aksincha, jinoiy faoliyat jamoaviylikka 
“mahkum qilingan”: jinoiy ishlab chiqarish legal ishlab chiqarish 
178
Qarang: Основы борьбы с организованной преступностью / Под ред. В. С. 
Овчинского, В. Е. Эминова, Н. П. Яблокова. М., 1996. С. 10. 
179
Qaroqchilik yagona istisno hisoblanadi, kemani boshqarish va dengiz jangida 
yurish faqat komanda bilan, ko‘p sonli komanda bilangina mumkin bo‘ladi. Biroq jinoiy 
sohaning mazkur turida ham uyushganlik darajasi odatda, alohida komanda doirasidan 
tashqari chiqmadi: qaroqchilik tarixida qaroqchilar komandasi birgalikda harakat qilish 
uchun birlashganliklari vaziyati juda kam ma’lum.


qonuniyatlariga 
bo‘ysunadi, 
ya’ni 
mehnat 
taqsimoti 
va 
ixtisoslashuvini taqozo etadi. Bunda transaksion xarajatlar – jinoiy 
biznes ko‘p sonli qatnashchilari o‘rtasida barqaror munosabatlarni 
saqlash va ushlab turish xarajatlari muammosi vujudga keladi. 
«Tashkilotni shakllantirgan va qandaydir shaxsga (“tadbirkorga”) 
resurslarni to‘g‘ri yo‘naltirish huquqini bergan holda ayrim bozor 
xarajatlarini qisqartirish mumkin bo‘ladi”, deb yozadi R. Kouz
180

Aynan shu sababli ham jinoyatchilarni yangi, unumli jinoiy sohalarga 
o‘tkazishda kriminal obro‘ga ega bo‘lgan jinoiy guruhlar boshchilari 
– mafiyachi firmalar shakllanib, ularning har biri turli 
“mutaxassislik”dagi jinoyatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni 
yo‘lga qo‘yish xarajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy faoliyat bilan band 
jinoyatchilar bundan tashqari, atrof ijtimoiy muhit bilan ham 
munosabatlarni yo‘lga qo‘yishlari zarur. Jinoiy faoliyat qamrovi 
qanchalik keng bo‘lsa, raqobatlashuvchi jinoyatchilar va huquqni 
muhofaza qilish organlari qarshi ta’sirlarini yengish shunchalik 
qimmatga tushadi. Shu sababli keng ko‘lamli statsionar jinoiy 
faoliyat, bir tomondan, jinoiy to‘dalar o‘rtasida va boshqa tomondan, 
to‘dalarning huquq -tartibot idoralari o‘rtasida o‘zaro foydali yashirin 
bitimlar tuzishlarini taqozo etadi. 
Jinoiy tashkilotlar hamkorlik va raqobat qoidalari to‘g‘risida 
kelishgan holda ta’sir sohalarini (hududlar, faoliyat turlari) bo‘lishib 
oladilar. Tartibot vakillari mafiyadan muntazam ravishda pul 
mablag‘lari olib turadilar (yoki boshqa foydali xizmatlar, masalan, 
tashkil qilinmagan jinoyatchilikni to‘xtatib turishda yordam 
ko‘rsatish), buning evaziga esa “haddan tashqari” xizmat vazifasini 
namoyish etmaslik majburiyatini oladilar. Jinoiy tashkilot tuzish bir 
gangsterga to‘g‘ri keladigan kelishuv va poraga xarajatlarni 
kamaytiradi, shu sababli bitim ishtirokchilari soni kamayadi (to‘da 
boshchilari uning barcha a’zolari nomidan harakat qiladilar). 
Oddiy fuqarolar mafiyaning huquq - tartibot idoralari bilan 
yashirin bitimi to‘g‘risida korrupsiyani tugatishni talab qilgan holda 
juda hal qiluvchi muhokama qilsalarda, bunday bitim tuzish mumkin 
emas. Jamoatchilar noroziligini bartaraf qilish uchun uyushgan jinoiy 
180
Qarang: Коуз Р. Фирма, рынок и право. М, 1993. С. 39. 


guruh jamiyat bilan ham, tashkil qilinmagan jinoyatchilik bilan ham 
yashirin bitimlar tuzishi zarur. 
Odatda mafiyaning o‘zi kriminal harakatlarni (qotillik, 
talonchilik) keltirib chiqaruvchilarni kamaytiradi
181
va ularning 
tashkil qilinmagan jinoyatchilar tomonidan namoyon qilinishini 
to‘xtatib turadi. Oddiy fuqarolar taqiqlangan va taqchil tovarlar va 
xizmatlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning ko‘plari 
mafiyachilar korxonalaridan ish topadilar.Tashkil qilinmagan 
jinoyatchilar 
ham 
jinoiy 
tashkilotlarning 
o‘ziga 
xos 
“subpudratchilari” sifatida yashirin bitimlar tizimiga qo‘shiladilar. 
Jinoiy tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan hududda amal qilish 
huquqiga ega bo‘lgan holda tashkil qilinmagan jinoyatchilar buning 
uchun “soliq” to‘laydilar. “Litsenziyasiz ishlash” juda xavfli – o‘z 
mulkchilik huquqlarini buzuvchilarni mafiya byurokratik to‘siqlarsiz 
va me’yoridan ortiq insonparvarliksiz muhokama qiladi. Tashkil 
qilinmagan jinoyatchilar jinoyat xarajatlarini kamaytirish imkonini 
beradigan uyushgan gangsterlar “maslahatlari” dan foydalanishlari 
mumkin. 
Mafiya tomonidan yashirin tashqi aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi 
natijasida o‘ziga xos “ijtimoiy kelishuv” muhiti yaratiladi. Yashirin 
bitimlar mazkur tizimining barcha ishtirokchilari qandaydir foyda 
(hech bo‘lmasa tasavvurda) ko‘radilar. “O‘yin qoidasi” ga rioya 
qilinar ekan, uyushgan jinoyatchilik kam seziladi va ijtimoiy 
muammo sifatida qabul qilinmaydi.
181
«O‘q otish va qotillik – biznes qilishning natijasiz vositasi, – shu nuqtai nazardan 
bayon qildi Amerika mafiyasi bossi Meyer Lanski. – Ford sotuvchilari sotuvchilardagi 
Shevrolni otmaydilar. Ular bir-birlariga narxlarni bo‘lishga urinadilar. Biz ancha ilgari 
bu tamoyilni kuzatishga qaror qildik. O‘t ochish qurolidan va zo‘ravonlikdan foydalanish 
kamdan-kam bo‘lishi, yaxshisi esa foydalanmaslik mumkin» (Иванов Р. Ф. Мафия в 
США. М., 1996. С. 339). Albatta, gunohsiz gangster balandparvozligiga tuzatishlar 
kiritish zarur. Biroq zo‘ravonlikni qo‘llash xavfi gangsterlik zo‘ravonligining o‘zini 
qo‘llashni ortiqcha qilib qo‘yishi shubhasiz. 



Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin