Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Erlix modelining asosiy mazmuni



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

8.4. Erlix modelining asosiy mazmuni. 
Isaak Erlix – amerikalik mashhur iqtisodchilardan biri, 1938-
yilda tug‘ilgan. 2000-yilgacha Buffalodagi Nyu-York davlat 
universiteti Iqtisodiyot departamentiga rahbarlik qilgan. Uning asosiy 
faoliyat yo‘nalishlari xufyona iqtisodiyot, uning kelib chiqish 
sabablari, jamiyatda avj olish, jinoyat va jazo o‘rtasidagi 
korrelyatsiya, jamiyatda yuzaga chiqadigan korrupsiya va qonunlar 
o‘rtasidagi bog‘liqlik va shu kabi sohalar bo‘lgan. U shuningdek
inson kapitalini jiddiy tadqiq etgan, Chikago universiteti tomonidan 
nashr etiladigan Inson Kapitali jurnalining asoschilaridan va asosiy 
moliyalashtiruvchilaridan biri hisoblanadi. Uning eng muhim 
asarlaridan biri “Crime, the punishment and the market for offences” 
ya’ni “Jinoyat, jazo va jinoyatchilik bozori” deb nomlangan bo‘lib, 
bu asarda u shu sohaga doir “Erlix modeli” deb nom olgan nazariyani 
chuqur tadqiq etgan.
Erlix jinoyatchilik bozorida asosan quyidagi 5 ta faktorni alohida 
ajratib ko‘rsatadi:
a) 4 toifadagi ishtirokchilar 
• 
Tartibbuzar va jinoyatchilar 
• 
Jabrlanuvchi va qurbonlar 
• 
Noqonuniy tovarlar va xizmatlarning istemolchilari 
• 
Qonun ustuvorligini taminlovchilar 
b) Har bir toifa vakillarining jinoyat sodir etishdan oldingi va 
keyingi prognozlari (tahlillari) 
c) Aholining jinoyatchilikdan himoyalanishi
d) Jinoyatchilikni oldini olish uchun ijtimoiy himoya choralari 
e) Yuqoridagi faktorlarning o‘zaro muvozanatga erishish uchun 
bir-biri tomon harakati (talab va taklif asosida)


 
8.4.1-rasm. Erlixning tadqiqot ob’ektlari 
Erlix jamiyatda noqonuniy faoliyatlarni kelib chiqishida quyidagi 
ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqlikni tadqiq etgan:
1. Jinoyat qilishga shaylangan shaxsning shu faoliyatdan 
ko‘zlagan daromadi; 
2. Jazodan qochish va noqonuniy faoliyat jarayonida o‘zini-o‘zi 
himoya qilish xarajatlari; 
3. Alternativ tarzda qonuniy faoliyat orqali shu sohadan olishi 
mumkin bo‘lgan daromad; 
4. Noqonuniy faoliyat davrida qo‘lga tushish ehtimolligi; 
5. Noqonuniy faoliyat olib bormoqchi bo‘lgan shaxsning 
faoliyat nuqtai nazaridan bilimi va ko‘nikmasi. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin