xohishini aks ettirgani sababli, yangi “o‘yin qoidalari”ning paydo
bo‘lishi qonunchilikning buzilishi orqali amalga oshiriladi.
Binobarin, institutsional novatorlik o‘zida albatta eski rasmiy
(qonuniy) va yangi norasmiy (noqonuniy)
amaliyotlar raqobatini
mujassamlashtiradi.
Fridrix fon Xayek qayd etishicha, raqobat tadqiqot jarayoni
sifatida juda muhim bo‘lib, raqobat vaqtida tadqiqotchilar
foydalanilmagan imkoniyatlarni qidiradilar va boshqa insonlarga
ko‘rsatadilar
45
. Bu “raqobat, ixtiro jarayoni kabi” o‘zida
albatta
qonuniy iqtisodiyotning yashirin iqtisodiyot bilan raqobatini ham
mujassamlashtiradi. Yangi qoidalarning norasmiy xususiyati ularni
amalga oshirishda qo‘shimcha xarajatlarini keltirib chiqaradi, shu
sababdan eski rasmiy va yangi norasmiy o‘yin qoidalari o‘rtasidagi
raqobatda an’anaviy tizim bilan taqqoslaganda katta afzalliklarni
ta’minlovchi yangi qoidalar g‘olib chiqadi.
Xufyona iqtisodiyotning ushbu innovatsion
roli tizimlararo
siljishlarda (bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o‘tishda) yaqqolroq
aks etadi. Sobiq ittifoqning so‘nggi o‘n yilligida yashirin
iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bunga yaqqol misol bo‘lishi
mumkin.
1970-yillarda sovet xufyona iqtisodiyotining “kashf” etilishi
xorijiy sovetologlar tomonidan “sotsialistik lager” mamlakatlaridagi
markazlashtirilgan reja, total hisobot va nazoratga asoslangan
mustaqil xo‘jalik faoliyati o‘rganilishi bilan bog‘liqdir.
Birinchi
tadqiqotchilar
sobiq
SSSR
iqtisodiyotida
amal
qilayotgan
mexanizmlar rasmiy e’lon qilingan va sovet matbuotida targ‘ib
etilayotgan modeldan farq qilishini qayd etishgan. Bu borada Aron
Katsenelinboygen ilg‘or surgan konsepsiya juda qiziqarlidir. Unda
to‘liq rejalashtiriladigan sovet xo‘jaligida go‘yoki bozor
munosabatlarini batafsil tasniflanishi amalga oshirilgan. Taklif
etilayotgan yondashuvda yashirin munosabatlar g‘ayrioddiy hodisa
emas, balki bozor aloqalari tizimining
tarkibiy qismlaridan biri
sifatida namoyon bo‘lgan. Maqola muallifi quyidagicha fikr
bildirgan: “Sovet tajribasi marksistik yondashuvdan farqli o‘laroq
45
Qarang:
Хайек Ф. фон.
Конкуренция как процедура открытия // Мировая
экономика и международные отношения. 1989. № 12. С. 13.
rejali sotsialistik tizim bozor elementlariga muhtoj ekanligini
ko‘rsatdi. SSSRda mavjud bo‘lgan bozorlarning bir qator turlari
haqida to‘xtalib o‘tish mumkin”
46
.
Shunday qilib, A. Katsenelinboygen sovet iqtisodiyotini rasmiy-
rejali munosabatlarning bozor (qonuniy, yarimqonuniy va umuman
noqonuniy) munosabatlari bilan o‘ziga xos sintezi sifatida o‘rganishni
tavsiya etgan. Buning natijasida sovet xo‘jaligi
tizimining yashirin
ko‘pukladliligi masalasi ko‘tariladi. 1980-yillarda sovetologlar
SSSRda to‘liq rejalashtirish va markazdan boshqarish pardasi ortida
aralash tipdagi iqtisodiy tizim yashiringan degan fikrga kelishgan edi.
Bunda norasmiy va nazorat ostida bo‘lmagan ishlab chiqarishning
ahamiyati rasmiy ishlab chiqarishning ahamiyatidan kam emas.
1960-1980 yillarda SSSRda oddiy tovar va xizmatlarning
yashirin bozori rivojlanishi “oddiy sovet odamini” bozor
munosabatlari to‘g‘risidagi quyidagi ba’zi
elementar tushunchalar
bilan tanishtirdi: insonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni
o‘rnatish kerak – “sen – menga, men – senga” tamoyili asosida; pul –
buyuk o‘lchov vositasi; savdo-sotiq tanlovga imkoniyati bo‘lishi va
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan amalga oshiriladi. Sovet tizimida
deyarli barcha insonlar noqonuniy bozor munosabatlari ishtirokchisi
bo‘lganligi, hamda yashirin bozor munosabatlarining ommaviyligi
1990 yillarda iqtisodiyotning bozor modernizatsiyalashuvi jarayonini
yengillashtirdi – ko‘pgina bozor institutlari (masalan, vositachilik
savdosi) bo‘sh joyda emas, balki
shu yashirin tuzilmani
oshkorlashtirish orqali vujudga keldi. Aynan sovet yashirin
iqtisodiyoti (kam sonli dissidentlarning “chiqishlari” emas)
ma’muriy-buyruqbozliq iqtisodiy tizimidan bozor xo‘jaligiga o‘tishni
tayyorlashda katta rol o‘ynadi.
Xufyona iqtisodiyot faqatgina tizimlararo emas, balki tizim
ichidagi siljishlarning ham tashabbuskoridir. Masalan, erkin raqobat
kapitalizmidan “monopolistik” kapitalizmga o‘tish AQShda (boshqa
mamlakatlarda ham) ochiqdan-ochiq qonunni buzuvchi “qaroqchi-
baronlar”ning (Djon Rokfeller yoki Djon Morgan kabi) faoliyati bilan
bog‘liqdir.
46
Qarang: Каценелинбойген А. Цветные рынки и советская экономика /
Советская экономика и политика. Книга третья. Boston, 1988.