Korrupsiya davlat qarorlari sabablarini buzib ko‘rsatadi.
Korrupsiyalashgan siyosatchi va amaldorlar davlat resurslarini
nazorat kuchli bo‘lmagan va pora undirish imkoniyati yuqori bo‘lgan
sohalarga yo‘naltirishga harakat qiladilar.
Ular maktab darsliklarini
nashr etish va o‘qituvchilarni maoshini oshirishni moliyalashtirishdan
ko‘ra ishlab chiqarishni, masalan
harbiy samolyotlarni ishlab
chiqarish va boshqa yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishga
moyildirlar. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha korrupsiya davlat xarajatlari
tarkibiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi:
korrupsiyalashgan hukumat
ta’lim va sog‘liqni saqlashga korrupsiyalashmagan hukumatdan ko‘ra
kamroq mablag‘ ajratadi.
Korrupsiya iqtisodiy ta’sirining eng asosiy salbiy jihati
tadbirkorlarning (ayniqsa, yulg‘ichlar oldida himoyasiz bo‘lgan
kichik firmalarning) xarajatlari oshib ketishidir. Masalan,
sobiq
sotsialistik mamlakatlarda biznes rivojlanishidagi muammolar
amaldorlar tadbirkorlarni pora berishga majburlashi bilan bog‘liqdir,
bu poralarga qo‘shimcha soliqlar sifatida qaraladi (5.4.1-jadval).
Tadbirkor halol bo‘lib, pora bermasa
ham korrupsiyadan zarar
ko‘radi, u injiq davlat amaldori bilan muloqotga ko‘p vaqt sarflashga
majburdir.
Dostları ilə paylaş: