Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Davlat 
sektorida 
resurslardan 
foydalanish 
ustidan 
nazoratning yo‘qligi
. Bugungi kunda davlat ulushi bo‘lgan 
korxonalarning umumiy soni 2819 tani tashkil etadi, shundan 2000 
tasida davlat 50% dan ortiq ulushga ega. Qoida tariqasida, davlat 
korxonalarida, xususiy sektorda bo‘lgani kabi, xodimlarning korxona 
resurslaridan foydalanishi ustidan qattiq nazorat mavjud emas, bu esa 
korrupsiya va o‘g‘rilik uchun asos yaratadi. Eng ko‘p davlat 
korxonalari kommunal xizmat, qurilish va xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy 
sohalar, turizm, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat 
sanoatida joylashgan bo‘lib, bu sohalarda korrupsiya xavfi yuqori 
bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlari hukumatning alohida qarorlari 
bilan tartibga solinadi. Investitsiyalarning umumiy hajmida davlat 
investitsiyalarining yuqori ulushi saqlanib qolmoqda. Davlat 37 turdagi 
tovarlar va xizmatlar narxlarini tartibga soladi. Bugungi kunda xususiy 
sektorda 4 ishchi davlat sektorida 1 ishchiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, 
rivojlanayotgan 
davlatlar 
sharoitida 
davlatning 
nazorat 
funksiyalarining katta qismi saqlanib qolishi korrupsiyaning 


kuchayishi 
bilan 
birga 
keladi. 
Korrupsiya 
bilan 
bog‘liq 
huquqbuzarliklar uchun javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslar sonining 
statistikasi shuni ko‘rsatadiki, davlat muassasalari va korxonalar 
xodimlariga qarshi barcha da’volarning 71 foizi qo‘zg‘atilgan. 
5.5.Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘llari 
Barcha mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi u yoki bu darajada 
kurash olib boradi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasi katta 
ahamiyatga egadir. Masalan, Fransiyada korrupsiyaga qarshi kurash 
dasturini 500 nafar kishidan ortiq shtat birligi yoki muayyan mulk 
oborotiga ega har qanday korxona yeki tashkilot joriy etishga majbur. 
Bu dastur sakkiz muhim unsur asosida tuzilishi kerak. Bular: 
1. Nafaqat korxona, balki uning tashqarisida ham xodimlarning 
man etilgan xulq-atvor ko‘rinishlarini namoyon etadigan, korrupsiya 
harakatlarining turli shakllari aniq belgilaydigan Xulq-atvor Kodeksi. 
2. Xulq-atvor Kodeksi buzilgan hollarda tashkilot/korxona 
xodimlarini javobgarlikka tortish imkonini beruvchi xulq-atvor 
sanksiyalarining qat’iy tartibi. 
3. Tashkilot yoki korxonaning xulq-atvor kodeksiga zid bo‘lgan 
xulq-atvor yoki vaziyat mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot yig‘ishga 
yordam beruvchi xabarchi-xodim himoyasini kafolatlaydigan xabar 
qilishning ichki anonim ya’ni yashirin tizimi. 
4. Tashkilot yoki korxona faoliyati sohasiga bog‘liq holda, 
korrupsiya oid muhim xatarlarlarini aniqlab, tahlil qilib belgilaydigan 
muntazam yangilanib turadigan xatarlar kartografiyasi. 
5. Mijoz va ta’minotchilar, shuningdek, vositachilarning 
ehtimoliy korrupsiya xavflarini baholash amaliyotlari. 
6. Korrupsiya dalillarini yashirish uchun buxgalterlik kitobi, 
reyestr va hisob-kitob yozuvlaridan foydalanmaslik kafolatini 
ta’minlovchi ichki yoki tashqi buxgalterlik nazorati. 
7. Korrupsiya xavfiga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan hamda 
mavqeyidan foydalanish xavfidan xoli bo‘lmagan rahbar va 
xodimlarni muntazam ravishda majburiy o‘qitish uchun o‘quv rejasi. 
8. Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining yuqorida sanab 
o‘tilgan chora-tadbirlar bo‘yicha ijrosini ichki nazorat va baholash 
tizimi. 


Korrupsiyaga qarshi kurashda faqatgina jazo choralarini qo‘llash 
samara keltirmasligini e’tiborga olish lozim. Fransiyada agar 
javobgar kompaniya yoki tashkilot Korrupsiyaga qarshi kurash 
agentligi nazorati ostida belgilangan muddatda o‘z korrupsiyaga 
qarshi kurash dasturini ko‘rib chiqish va takomillashtirish 
majburiyatini olsa, jinoiy va ma’muriy sanksiyalarni cheklash 
imkoniyati mavjud. Bu mexanizm AQShda Foreign Corrupt Practice 
Act ga muvofiq va Buyuk Britaniyada Anti Bribery Act ga muvofiq 
allaqachon qo‘llanilayotgan mexanizmga o‘xshash bo‘lib, amaliyotda 
kutilgan ijobiy natijalarni bermoqda. 
Bank operatsiyalarida sarmoya yuvish ustidan nazorat 
mexanizmlari. Shunday qilib, Yevropada mijozning hisobiga yirik 
pul mablag‘lari ularning manbasini tasdiqlovchi hujjatsiz kelib 
tushganda, barcha bank va moliya muassasalari noqonuniy kapital 
yoki noqonuniy kapitalni yuvish bilan bog‘liq gumonlarini 
deklaratsiya qilishga majburdir. Albatta, qoidaga ko‘ra “puxta“ 
amaldorlar katta hajmda pora olayotganda uni soliq jannati deb 
ataladigan offshor hududidagi bank hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
o‘tkazishni afzal ko‘radi. Bu borada noqonuniy kapitalni 
yashirishning bunday joylari, “panama qog‘ozlari“ bilan bog‘liq 
shov-shuvli voqea isbotlaganidek, noqonuniy kapitalni maxfiy 
ravishda saqlashning mutlaq kafolati hisoblanmaydi. Ushbu ishda 
maxfiy hujjatlar oshkor bo‘lishi oqibatida, hujjatlar tergovchi-
jurnalistlarning 
Xalqaro 
konsorsiumiga 
topshirilgan 
hamda 
jurnalistik tergov natijasida 12 nafar davlat va hukumat rahbarlari 
hamda 128 nafar yuqori darajadagi amaldorlarning bankdagi offshor 
hisoblari aniqlangan. 
Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan keyingi 
yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda MDH davlatlari orasida 
Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina va Moldoviya 
davlatlarida korrupsiya darajasi yuqori ekanligi ko‘rsatiladi. Hozirgi 
paytda bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi qator chora-chora-
tadbirlar 
ko‘rilmoqda. Jumladan, bu davlatlar tomonidan 
korrupsiyaga qarshi kurash, uni oldini olishga qaratilgan bir qator 
normativ-huquqiy hujjatilar qabul qilingan. Misol uchun, Ukrainada 
«Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun mavjud bo‘lib 


davlat boshlig‘i mazkur qonun normalarini hayotga joriy etilishi 
uchun jiddiy ahamiyat beradi. Ukraina Prezidenti 1997 yil 10 
apreldagi 319-sonli farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurash milliy 
dasturi tasdiqlangan. Ukrainaning «Korrupsiyaga qarshi kurash 
to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasida mansabdor shaxslarning 
daromadlari, qimmatli qog‘ozlari, ko‘chmas mulk va boshqa 
qimmatbaho buyumlari, shuningdek bankdagi omonatlari to‘g‘risida 
rasmiy nashrlarda ma’lumotlar berib borilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida ham korrupsiyaga qarshi kurash 
borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Bosh 
prokuraturasida 
Iqtisodiy 
jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi faoliyat 
yuritayapti. 2001 yilda Bosh prokuratura huzurida Soliqqa oid 
jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti tashkil etildi, 2002 yilda 
departament Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash 
Departamenti etib qayta tashkil etildi. 2017 yil 3 yanvarda 
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash 
to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan. 
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy 
prinsiplari quyidagilardan iborat: 
– qonuniylik; 
– fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining 
ustuvorligi; 
– ochiqlik va shaffoflik; 
– tizimlilik; 
– davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; 
– korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; 
– javobgarlikning muqarrarligi
75


Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin