Navbatdagi misolda HTML teglar qanday yozilganiga e’tibor bering: Havolalar - qo'shimcha imkoniyatlar
Havolalarni nafaqat HTML fayl yoki hujjat ichidagi kalit so'zga, balki FTP serverlarda saqlanayotgan fayllar va E-mail (elektron pochta) ga ham tuzish imkoniyati mavjud.
FTP havolalar FTP serverlarda saqlanadigan fayilalrni yuklash uchun, FTP havolalar tuziladi. FTP serverlarda turli fayllar yoki dasturlar internet orqali yuklash uchun saqlanadi. Aytaylik siz o'z sahifangizda biror - bir qiziqarli dastur, tasvir yoki musiqa haqida ma'lumot yozdingiz va uni yuklab olish uchun fayl saqlanayotgan FTP server manzilini havolada ko'rsatmoqchisiz. U holda fayl joylashgan FTP serverga havola quyidagi tarzda ifodalanadi:
Faylni yuklash
E-MAIL havola E-mail (Elektron pochta) manzillarni aktivlashtirish uchun havola tuzish mimkin. E-mail manzil ko'rsatilgan havolani bosish bilan kompyuterga o'rnatilgan elektron pochtalar bilan ishlovchi dastur aktivlashadi va unda havolada ko'rsatilgan elektron pochta manzili ko'rsatilgan yangi oyna hozil bo'ladi va siz k'orsatilgan manzlga hat jonatishingiz mumkin.
E-mail manzilni havola sifatida belgilash uchun HREF komandasi o'rnida mailto:elektron pochta manzili yoziladi. Misol uchun:
Mennig sherzod_1@yahoo.com " mce_href="mailto: user@yahoo.com ">elektron pochtamga ushbu o'quv qo'llanma haqidagi fikr- mulohazangizni yozing!
Havolalar yozishning asosiy qoidalari
Quyida havola tuzishda bilishingiz lozim bo'lgan oddiy qoidalar yozilgan. Ularni diqqat bilan o'qib chiqing va eslab qolishga harakat qiling. Havola tuzishda bu qoidalarga amal qilsangiz, siz tuzgan havolalar xatoliklarsiz ishlaydi.
• Harflarning bir xilda yozish va fayl yoki papka nomini to'g'ri ko'rsatish.
Havola tuzilganda eng katta e’tiborni siz murojat qilmoqchi bo'lgan faylga olib boruvchi yo'l aniq va to'g'ri ko'rsatilishi lozim. Bunda papka va fayl nomiga katta e’tibor qarating. Ularning nomida arzimagan xatolikka yo'l qo'ysangiz havola ishlamaydi. Aytalik biror bir harfni tushib qolishi yoki bosh harf o'rniga kichik harif bilan yozilsa xatolik yuz berishi muqarrar. Shu bois, havola tuzishda aniqlik katta ahamiyatga ega.
• Fayl va papka nomini kiritganda probel ishlatmang.
Web sahifa yaratish jarayonida fayl va papkalarni nomi ikki va undan ortiq so'zdan iborat bo'lsa sozlar orasida va ohirida probel ishlatmang. probel ishlatilgan fayl yoki papkaga havola murojat qilganda xatolik sodir bo'ladi.
• Kalit so'zlarga havola tuzish.
Biror hujjat ichidagi kalit so'zga havola tuzganda, eng avvalo kalit so'zni tegining NAME komandasi yordamida belgilab olish lozim. So'ngra su tegning HREF komandasi orqali u joylashgan fayl nomi (agar kalit so'z boshqa faylda joylashgan bo'lsa) va kalit so'z manzilini ko'rsating HREF="fayl nomi.html#kalit so'z"
• FTP server va E-MAIL uchun maxsus havola.
FTP serverda joylashgan faylga havola tuzganda 'FTP://' bilan boshlanuvchi manzilni yozing. E-MAIL havola tuzganda esa "mailto:e-mail manzil"
HTML ning konstruktsiyasi TEG lar dеyiladi. Brauzеr TEG larni oddiy matnlardan farqlashi uchun ular burchak qavslarga olinadilar. TEG tasvirlash jarayoni hatti harakatlarining boshlanishini bildiradi. Agar bu harakat butun hujjatga talluqli bo’lsa, bunday teg o’zining yopiluvchi juftiga ega bo’lmaydi. Juft teglarning ikkinchisi birinchisining harakatini yakunlaydi.
Masalan, har bir Web sahifa tegi bilan boshlanib tegi bilan yopilishi kеrak. Etibor bеrgan bo’lsangiz yopiluvchi teg ochiluvchidan « / » bеlgisi bilan farq qiladi.
Teg nomlari katta yoki kichik harflar bilan yozilishi mumkin, bularni brauzеr bir xil qabul qiladi. HTML tilida boshqa kompyutеr tillaridagi kabi izoh bеrish imkoniyati mavjud. Izoh quyidagi «<- - » va «- ->» bеlgilar orasiga yoziladi.