Tarixiy-madaniy meroslarlarning saqlanishiga xavf solayotgan omillar:
Tabiiyta‟sir:halokatli hodisalar, iqlim o‟zgarishi, tabiiy ofatlar, eroziya.
Antropogenta‟sir: urush, qurolli to‟qnashuvlar, davlat nazoratining yo‟qligi,diniy va milliy nizolar, aholining ko‟payishi.
Ilmsizlik: insonlarning ma‟naviyati sayyozligi, ilmsizligi, jaholatparastligi, jahondagi ko‟plab tarixiy noyob yodgorliklarning talon taroj qilinishi va butunlay yo‟q bo‟lib ketishiga olib keldi.
Yana shuni alohida ta‟kidlashimi lozimki, inson harakatlari orqali tarixiy-madaniy yodgorliklarning yo‟q bo‟lishi va vayron bo‟lishiga asosiy sabablaridan biri ilmsizlikdir. Madaniy merosni saqlab qolish qanchalik muhimligini tushunmaydigan yoki tushunishni istamaydigan insonlar harakati tufayli butun dunyo jabr ko‟rmoqda. “Tarixiy-madaniy merosning har bir elementi, har bir arxeologik obyekt tarixiy butunlikning bo‟g‟ini bo‟lib, o‟zining tarixiy –madaniy ahamiyatiga ko‟ra birlashgan va yagonadir.Ularning yo‟qotishlarini qaytarib bo‟lmaydi.Binobarin, madaniy merosni asrab-avaylash har bir xalqning huquqi va burchidir, chunki jamiyat qiyofasi bunyodkorlik manbai bo‟lgan qadriyatlarda namoyon bo‟ladi” [4].
NATIJALAR
Insoniyat tabiiy va inson harakatlari tufayli yo‟qolib borayotgan yodgorliklarni saqlab qolishga va kelajak avlodga yetkazib berishga burchlidir. Bugungi kunda dunyo olimlari masalaning yechimi sifatida rivojlangan texnologiyalardan foydalanishni (raqamli saqlash va qayta tiklashni) taklif qilishmoqda. Rivojlangan texnika yordamida tarixiy yodgorliklarni, ayniqsa yo‟qolish xavfi ostida turgan yodgorliklarni 3D formatda saqlab qolish mumkin. XX asrnig 80-90-yillarida rivojlangan davlatlarda, 2000-yillardan boshlab Rossiya davlatida tarixiy tadqiqotlarda uch o‟lchamli modellashtirishdan foydalanish masalasiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. 3D (uch o‟lchovli) modellashtirish bu -
biron bir me‟morchilik rejasi yoki artefaktning o‟zi, chizmasi, tasviri va boshqalar asosida uch o‟lchovli loyihasini yaratishdi.
Mazkur texnologiya imkoniyatlaridan foydalangan holda biror tarixiy moddiy ashyodan tortib hattoki qadimiy me‟moriy inshootlar, tarixiy shaharlarni ham rekonstruksiya qilishda samarali foydalanish mumkin [13]. 3D modellashtirish orqali har qanday uch olchovli materialning texnologik tasvirini yaratamiz, bunday texnika arxitektura, kino, muhandislik, tibbiyot va ko‟plab boshqa sohalarda qo‟llanilmoqda. Shuningdek, tarixiy-madaniy yodgorliklarning qismlarini tiklash yoki butunlay qayta tiklash orqali yodgorliklarni asrab qolishimiz, keng jamoatchilikka namoyish etish mumkin. Saqlanib qolmagan tarixiy madaniy yodgorliklarning virtual modellarini yaratish orqali, ularni ilmiy tadqiq etishda samarali foydalanish mumkin. Yodgorliklarning virtual modelarini yaratish, tadqiq qilish va raqamli muzeylarni tashkil qilish sohasidagi tadqiqotlarlarda 90- yillarda AQSH va Yevropa davlatlarida qator yutuqlarga erishilgan. Tadqiqotchilarning fikricha dunyonig istalgan hududidan turib ,insonlar virtual muzeylarga tashrif buyirishlari va tarixiy yodgorliklarni virtual tomosha qilishlari mumkin bo‟ladi. To‟g‟ri, virtual yodgorliklar aslidek bo‟lmaydi, ammo insonlarga dunyoning hohlagan burchagidagi yodgorliklarni kuzatish imkonini beradi. Yoki bizgacha yetib kelmagan yodgorliklar haqida toliq tasavurga ega bo‟lamiz. Yodgorliklarning modellashtirish orqali yodgorliklarni uzoq vaqtga saqlab qolish,o‟rganish va keng ommaga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‟lamiz. Hozirda dunyoda tarixiy va madaniy meroslarni virtual 3D modellari orqali o‟rganish, saqlash,ommalashtirish keng tarqalmoqda. Virtual modellashtirish dunyoda endi rivojlanayotgan soha hisoblanadi. Hozirda bu sohada o‟nlab ishlar yakunlangan. Buni Garvard Semitik muzeyining bir nechta professorlari va tadqiqotchilari yanada kengaytirdilar. Ular “Zamonaviy raqamli 3D vizualizatsiya bugungi kunda faqat shikastlangan yoki qisman saqlanib qolgan qadimiy me‟moriy qoldiqlarni to‟liq miqiyosda virtual rekonstruksiya qilish imkonini beradi. Raqamli animatsiyadan foydalanib, rang va yorug‟lik effektlarini qo‟shish orqali ushbu saytlar va yodgorliklarning vaqt o‟tishi bilan qanday o‟zgarganini ko‟rsatish mumkin, ularning asl qurilishi va qadimiy foydalanishidan tortib, oxir- oqibat tark etilishi va yo‟q qilinishigacha” -ko‟rsatish imkoniga ega ekanligini ta‟kidlaydilar.
Jahonda vayron bo‟lgan, yoki butunlay yo‟q bo‟lib ketgan tarixiy-madaniy yodgorliklarni qayta tiklash harakatlari keng tus olmoqda. Iroq fuqarosi Ben Kasyra jahon merosi ob‟ektlarini kelajak avlodlar uchun mavjud bo‟lishini ta‟minlash uchun CyArk notijorat tashkilotiga asos soldi [19]. Shuningdek Raqamli arxeologiya institute (IDA), Yunesko, Oksford universiteti muhandislari, Birlashgan Arab Amirliklari hukumati
va turli akademik hamkorlar bilan tahdid ostida bo‟lgan obyektlarning 3D tasvirlarini olishga mo‟ljallangan “Million