Academic Research in Educational Sciences issn



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə3/7
tarix22.12.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#77354
1   2   3   4   5   6   7
tarixiy-yodgorliklarni-saqlash-va-qayta-tiklashda-3d-texnologiyasi-ahamiyati

to„g„risida»gi hamda «Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to„g„risida»gi qonunlarida bu boradagi ishlarni tashkil etishning huquqiy mexanizmlari aniq belgilab berilgan.
O‟zbekiston Respublikasida 2001-yil 30-avgustda “Madaniy meros ob‟ektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish”O‟zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi O„zbekiston xalqining umummilliy boyligi bo„lmish madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat [3].
Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 8210 ta moddiy madaniy meros ko'chmas mulk ob'ekti davlat muhofazasiga olingan. Ulardan 4788 tasi arxeologiya, 2265 tasi arxitektura obyekti, 625 tasi monumental sanʼat asari hamda 530 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi. Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi vaqtlarda madaniy meros obyektlarida amalga oshirilayotgan taʼmirlash, restavratsiya ishlari davomida buyurtmachi, pudratchi, loyihachi, ekspertiza tashkilotlari tomonidan obyektlarning tarixiy va badiiy qimmatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazish holatlari kuzatilgan.
Misol uchun, Buxoro viloyatidagi Sitorai Mohi Xosa tarixiy majmuasida restavratsiya ishlari notoʻgʻri olib borilgani oqibatida uning badiiy bezaklari, naqshlari, koshinlari nobud qilinib, tarixiy va badiiy qiymatiga 28 mlrd soʻm miqdorida zarar yetkazilgan [17]. Davlatimizda, 2023 yil martigacha «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to„g„risida»,
«Arxeologik meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to„g„risida», «Muzeylar to„g„risida» hamda «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to„g„risida», Qurolli to„qnashuvlar yuz berganda madaniy boyliklarni himoya qilish to„g„risida”gi Konvensiya (Gaaga, 1954 yil), “Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to„g„risida”gi Konvensiyalar (Parij, 1972 yil), “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to„g„risida”gi xalqaro Konvensiya (Parij, 2003 yil) va boshqa qonun hujjatlar va xalqaro shartnomalar, qonunlar normalarini umumlashtiruvchi Madaniy meros kodeksi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan” [18].
Bunday yodgorliklar insoniyat ma‟naviyati rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega bo‟lib, jamiyat ma'naviyati davlat yuksak taraqqiyotining muhim sharti va kafolati hisoblanadi. Jamiyat ma‟naviyati birdan paydo

yaratilmaydi, balki mavjud ma‟naviy merosga tayanadi. Tarixiy yodgorliklar, me‟moriy obidalar xalq ma‟naviyati shakllanishida asosiy rol o‟ynaydi. Ma‟naviyat bizga yetib kelgan qadriyatlar, tajribalar tufayli boyitiladi. Kelajak avlod tarixni o‟rganish orqaligina kelajakka nazar sola oladi. Tarixiy-madaniy yodgorliklar insoniyat rivojlanish evollyutsiyasini aks ettiradi va insoniyatga tajriba o‟rganishi uchun xizmat qiladi. Tarixni o‟rganish orqali insoniyat yashash tajribasiga ega bo‟ladi. Tarixiy-madaniy merosimizni zarar yetkazmasdan, uzoq muddatga saqlab qolish butun insoniyatning asosiy vazifasi hisoblanadi.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin