ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 1585 www.ares.uz alifbosinio’rgatish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mudira va maktab direktorining
vazifalari belgilanadi.
Mudiraning ma'muriy xo’jalik faoliyati bu reja asosida konting bo’yicha
bolalarnijoylashtirish, «Uchinchi ming yillikning bolasi»dasturining bajarilishi
ustidan nazorat qilish, maktabgacha ta'lim tizimida belgilangan xarajatlarnio’z
vaqtida joy-joyiga qo’yib ish-latishni tashkil etish, bolalami ovqatlantirishni to’g’ri
tashkil etish, yozgi sog’lomlashtirish mavsumlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi
xodimlarni to’g’ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ilmiy
asosda tashkil etishdan iborat.
Mudira bog’chani kerakli texnikaviy va xo’jalik materiallari bilan muntazam
ravishda ta'minlab turishi, binoni jihozlar bilan (qattiq va yumshoq inventarlar)
jihozlashi, binonio’z vaqtida ta'mirlashi vao’quv-ko’rgazmali qurollar bilan to’ldirib
borishi, turli yosh guruhi uchun dasturiy-mctodik hujjatlarda tavsiya etilgan (ularni
fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida) bolalar badiiy
adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlashi, bolalar maydonchasi va yer
uchastkasini to’g’ri, rejali jihozlashi, kadrlarni joylashtirishda ulami bolalar bilan
ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi,
shifokor bilan birgalikda tibbiy ishlarini nazorat qilishi va bolalarni tizimli tibbiy
ko’rikdano’tkazishi kerak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Maktabgacha ta'lim muassasasining mudirasi amaldagi qo-nunchilik doirasida
maktabgacha ta'lim muassasasi pedagogik xodimlari va ma'muriyatini ularning kasb-
kor va mansab faoliyat-lariga asossiz aralashuvga chek qo’yuvchi zarur choralar
ko’radi, maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasiga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik
urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo’yadi, shu
masalalar bo’yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Mudira ishonch qog’ozisiz maktabgacha ta'lim muassasasi no-midan harakat
qiladi, barcha shirkat va jamoat korxonalari, muas-sasalarva tashkilotlarda uning
manfaatini himoya qiladi, kreditlar tarqatadi; shartnomalartuzadi, ishonch
qog’ozlarini beradi, bank-larda hisob va boshqa schyotlarini ochadi, u maktabgacha
ta'lim muassasasi uchun zarur bo’lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni
xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd
pulga yoki pulo’tkazish yo’li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega.
Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotlari huquqi doirasida buyruq chiqaradi,
ko’rsatma beradi. Bu buyruq va ko’rsatmalar mak-tabgacha ta'lim muassasasining