Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 401,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix18.05.2022
ölçüsü401,09 Kb.
#58539
1   2   3   4   5   6   7   8
ozbekiston-respublikasida-ommaviy-axborot-vositalari-faoliyati-ozgarish-va-muammolar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 259 www.ares.uz 
tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog‗iston davlat 
universiteti Jurnalistika bo‗limida ―Axborot xizmatlari‖ fani o‗qitilmoqda. Mazkur 
oliy ta‘lim muassasalariga 2019-2020 o‗quv yilidan e‘tiboran Axborot xizmatlari 
yo‗nalishida ham abituriyentlar qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar 
tayyorlashga ixtisoslashtirilgan fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan 
―Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmonida ―Davlat organlari, xo‗jalik 
boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining 
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o‗zaro hamkorligi yetarli darajada 
yo‗lga qo‗yilmagan‖i qayd etilib, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 
zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini 
ta‘minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, 
ommaviy o‗zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning 
Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‗yicha bo‗linmalari) faoliyatini 
muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta‘minlash orqali ko‗maklashish vazifasi ham 
yuklatildi. Bu vazifalar to‗la-to‗kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, 
muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas‘uldirlar. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Hayot ko‗zgusi hisoblanmish matbuot ―to‗rtinchi hokimiyat‖ darajasiga 
ko‗tarilmog‗i lozimligi ko‗p bora ta‘kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan 
vazifalar juda ko‗p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy 
va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, 
avvalo psixologik jihatdan o‗zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular 
o‗zi uchun yangi bo‗lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan hali ham nima qilish yoki nima 
qilmaslik haqida yuqoridan ko‗rsatma kutib o‗tirgandek ko‗rinishi to‗g‗ri tanqid 
qilinmoqda. Shu o‘rinda ba‘zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e‘tibor qaratsak. 
www.kun.uz
 saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan: 
―O‗zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo‗yicha selektor 
o‗tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda 
OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV 
mamlakatda sodir bo‗layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda. 
Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko‗paydi. 
Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o‗ynamoqda. Tan olish kerak, 



Yüklə 401,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin