ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning
o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini,
muammolarini hamda savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish
bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
– o‘quvchida notanish faktning mavjud bo‘lishi;
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-159-163
Academic Research, Uzbekistan 160 www.ares.uz
– vazifalarni bajarish uchun o‘quvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga
kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya'ni — nima
noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog‘langan.
Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo‘lsak, u, avvalombor,
o‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U o‘quvchini intellektual mashaqqat
keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so‘z bilan ifodalash,
ya'ni — faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o‘rinda izchillik yorqin
ko‘rinadi: avvalo, muammoli vaziyat yuzaga keladi, so‘ng o‘quv muammosi
shakllanadi. O‘qitish jarayonida o‘quv muammosining muhim belgilari ham mavjud.
O‘quv muammosining muhim belgilari quyidagilar:
– yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma'lumning qo‘shilishi;
– o‘quvchilarda noma'lumni topish yo‘lida izlanishni amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan muayyan bilim zahirasining bo‘lishi.
O‘quv muammosini yechish jarayonida o‘quvchilar aqliy faoliyatining muhim
bosqichi uning yechilish usulini o‘ylab topishga oid farazlar, g‘oyalar qo‘yish hamda
uni asoslashdir.
O‘quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda
har bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Muammoli o‘qitishda o‘qituvchi o‘quvchilaming bilish faoliyatini tashkil etadi,
shundagina o‘quvchilar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual
mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni
shakllantirish, qo‘lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.
Muammoli o‘qitish natijasida o‘quvchilarda bilimlarga mustaqil erishish
qobiliyati shakllanadi hamda mavzu bo‘yicha turli g‘oyalar topish, uni isbotlash orqali
yangi aqliy harakat usullarini topish va bilimlarni bir muammodan boshqasiga
ko‘chirish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
O‘quvchilarda diqqat va tasavvurlari rivojlanadi, o‘quv materiallarini idrok
qilish orqali ularning bilish faolligi oshadi.
Boshlang‘ich sinflarda sifat turkumini o‘rganish tizimi o‘quv materialini
leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni
ko‘zda tutadi. O‘quvchilar savod o‘rgatish davridan boshlab, to 4- sinfga qadar belgi
bildiruvchi so‘zlarning — sifatning leksik va grammatik ma'nolarini boshlang‘ich sinf
ona tili dasturi hajmida o‘rganadilar. Savod o‘rgatish davrida belgi bildirgan
so‘zlarning ma'nolarini o‘qituvchining “Mazasi qanday olma? Rangi qanday olma?
Hajmi qanday olma?” kabi savollari asosida kuzatish orqali amaliy bilib boradilar.
|