Academic Research in Educational Sciences Vol. 1 No. 1, 2020 ISSN 2181-1385 Academic Research, Uzbekistan
Page 224
www.ares.uz
marta qisqardi. Sovun yana nechta kir yuvishga yetadi.
2. Ikkinchi darajali murakkablikdagi masalalar- yechish uchun matematik,
fanlararo yoki muayyan hayotiy vaziyatda bir nechta matematik g’oyalar
kombinatsiyasi qo’llanadigan masalalar.
Masala. O’lchamlari 8x10 bo’lgan uyga quruvchilar teng tomonli tom
qurishmoqchi. Tom sirtiga perpendikulyar qilib balandligi 3 m bo’lgan ustunlarni
qurishdi. Agar cherepitsaning bitta bog’lami 2.7 m
2
li yuzani qoplashga yetadigan
bo’lsa tomni qoplash ushun qancha bog’lam cherepitsa kerak bo’ladi.
3. Uchinchi darajali murakkablikdagi masalalar – yechish uchun Matematik
g’oya nostandart yechish metodlari orqali amalga oshiriladi.
Masala. Bir nechta bir hil o’lchamdagi g’ishtlar mavjud. Chizg’ich yordamida
g’ishtning diagonalini o’lchash usulini toping.
4. To’rtinchi darajali murakkablikdagi masalalar – yechish uchun ijodiy
yondoshishni talab qiladigan masalalar bo’lib, bu masalalarni yechimi tadqiqotcchilik
faoliyatini talab qiladi.
Masala. Geometriyada quidagi teorema mavjud “ Berilgan hajmda qirralari teng
bo’lgan barcha piramidalar ichida tetraedr eng kichik sirtga ega”
A) Siz sut maxsulotlari uchun idishlar ishlab chiqaruvchi yangi N firmasining
tashkilotchisisiz. Sut maxsulotlari ishlab chiqaruvchilarni ular uchun tetraedr
shaklidagi idishlar foydali ekaniga ishontiring.
B) Siz N firmasining raqobatchisisiz. Sut maxsulotlari ishlab chiqaruvchilarni
ular uchun tetraedr shaklidagi idishlar foydali emasligiga ekaniga ishontiring.
C) Sut paketi tetraedr shaklida bo’lib qirrasi 15 sm ga teng. Bu paket yoyilmasini
1:5 masshtabda tasvirlang,
D) Yuqoridagi C) bandda keltirilgan sut paketidan 100 ta ishlab chiqarish uchun
ketadigan harajatlarni hisoblang (m
2
da).
Kompetentsiyaviy masalalarni turlari nuqtai nazaridan predmet ichidagi,
predmetlararo hamda amaliy masalalarga ajratish mumkin.