ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 938 www.ares.uz yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli
innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va
tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday sh axs, u yoki bu
darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Mustaqil hamdoʼstlik davlatlari olimlaridan L.Vigotskiy, А.Leontev, D.Elkonin,
O.Vasilchenko,
E.Melkumova,
V.Miretskaya,
M.Suxomlinova,
E.Emmanuel
kabilarining ilmiy ishlarida shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy
asoslari oʼrganilgan. E.P.Torrance, N. Rogers, J.Purnell, P.Roberts, A.M.Galligan,
Sh.Tatsuno kabi xorijiy olimlarning ishlarida shaxsning individual qobiliyatlari, ijodiy
salohiyatini namoyon etish masalalari ochib berilgan.
Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra,
ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunilgan
kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlanishiga olib
keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va
shaxsning oʻzini yaxshiroq anglash koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari
kiradi. Shu bilan birga, shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi
kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ
fikrlash koʻnikmasiga bogʻliq.
MUHOKAMA Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va
pedagogikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro PISA
baholash dasturi bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlardagi kreativ fikrlash
yo‘nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan toʻxtamga kelishda
koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash
vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani
taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab
boʻladi. PISA xalqaro baholash dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani
qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir.
Kreativ fikrlashda taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda
muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan
koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak
boʻlgan muhim koʻnikma bo’lib, bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan
oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan davrga xos