Academic research in educational sciences volume 1


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix26.11.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#70643
1   2   3   4   5   6   7   8
oquvchilarda-kreativlikni-shakllantirish-mazmuni-va-usullari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 939  www.ares.uz 
koʻnikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga koʻmaklashadi. 
Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan 
sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora 
murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali
hal etish imkonini beradi. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati
faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun oʻz qobiliyat 
va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy iste’dodlarini kashf etishda muhim 
ahamiyatga ega. Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquvchilarning taʼlim olishini 
hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin 
etish orqali qoʻllab quvvatlaydi. 
Oʻquvchining qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi, ijodiy fikrlash 
shu tariqa oʻzaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan
taʼlim maqsadlari kontekstida ham bu samara beradi. Maktabda oʻquvchining 
motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha oʻquvchilarning ijodiy salohiyati
va shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi zarur. Bu 
ayniqsa taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan oʻquvchilarga yordam 
berishi mumkin va ular oʻz fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat 
qiladi.
Boshqa koʻnikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va yo’naltirilgan
yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin. Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining kreativ 
fikrlashini rivojlantirish oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek
ko’rinadi. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. Kreativ
fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona yodlash oʻrniga 
tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi bilan 
alohida ahamiyatga ega.
O‘qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shart-
sharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham oʻquvchilarga fikrlashda koʻproq ijodiy 
yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga 
kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz navbatida, o‘qituvchilarga taʼlim jarayonida 
o‘quvchilarda ijodiy gʻoyalar boʻlishi uchun muayyan vaqt talab etiladi. Kreativ 
fikrlash ko’nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar asosida shakllantirilib, 
oʻquvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, oʻqiyotgan va yaratayotgan 
narsalarni koʻp jihatli malakalar bilan bogʻlaydi.
Kreativlikni baholash - oʻquvchining qobiliyatlari haqidagi muayyan
da’volarni dalilga asoslangan fikrlash jarayonida tahlil etishdir. Umuman olganda, 
oʻquvchining baholashdagi vazifalarga javobi ushbu fikrlash jarayonida dalillar bilan 
taʼminlaydi, psixometrik tahlil esa har bir da’voni tahlil qilish uchun isbotning yetarli 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin