Academic research in educational sciences volume 1


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix26.11.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#70643
1   2   3   4   5   6   7   8
oquvchilarda-kreativlikni-shakllantirish-mazmuni-va-usullari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 938  www.ares.uz 
yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli
innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va 
tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday sh axs, u yoki bu 
darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega.
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI 
Mustaqil hamdoʼstlik davlatlari olimlaridan L.Vigotskiy, А.Leontev, D.Elkonin, 
O.Vasilchenko, 
E.Melkumova, 
V.Miretskaya, 
M.Suxomlinova, 
E.Emmanuel 
kabilarining ilmiy ishlarida shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy 
asoslari oʼrganilgan. E.P.Torrance, N. Rogers, J.Purnell, P.Roberts, A.M.Galligan, 
Sh.Tatsuno kabi xorijiy olimlarning ishlarida shaxsning individual qobiliyatlari, ijodiy 
salohiyatini namoyon etish masalalari ochib berilgan. 
Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra, 
ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunilgan 
kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlanishiga olib 
keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va 
shaxsning oʻzini yaxshiroq anglash koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari
kiradi. Shu bilan birga, shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi 
kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ
fikrlash koʻnikmasiga bogʻliq.
 
MUHOKAMA 
Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va
pedagogikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro PISA 
baholash dasturi bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlardagi kreativ fikrlash
yo‘nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan toʻxtamga kelishda 
koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash
vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani
taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab 
boʻladi. PISA xalqaro baholash dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va 
taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani
qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir.
Kreativ fikrlashda taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda
muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan 
koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak 
boʻlgan muhim koʻnikma bo’lib, bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan 
oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan davrga xos 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin