ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 940 www.ares.uz ekanligini belgilaydi. PISA baholash dasturidan kreativ fikrlashni baholashning
asosiy doirasi sifatida foydalanish mumkin.
PISA dasturida 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan
foydalanadi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali
yechimlar, yutuqlar va tasavvurni ta’sirchan ko‘rinishlarga olib ke ladigan g‘oyalarni
ishlab chiqish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok etish qobiliyati deb
ta’riflanadi. Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya
berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga
xosligi va munosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki
maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif
ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va
kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan.
Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha
keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi.
Demak, kreativlik – layoqat, jarayon va muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib,
u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali
boʻlgan salmoqli mahsulotni yaratishidir.
Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin
shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi
kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat
durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda
kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz
mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi
eʼtirof ham talab etiladi. Aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik (masalan,
fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi
taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish
kabi) ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir.
Tugʻma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin
boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu berish maqsadida
PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik
bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat
insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan
taʼlim kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi
muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.