Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-912-916 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 914 www.ares.uz bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog'bon)ning tilidir,
tarbiyachining tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda kuchli ta‟sir
ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtiradigan bo'lishi kerak. Bog'bonning tili
bekam-u ko'st, adabiy talaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo'lishi lozim".
NATIJALAR Tarbiyachi maktabgacha ta‟lim tashkilotida asosiy shaxs hisoblanadi.
Butun g„oyaviy-tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni
tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g„oyaviy-siyosiy va ilmiy-
pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga
bo„lgan ijodiy munosabatiga bog„liq.
Bolaning o„quv faoliyatiga bo„lgan munosabati ko„proq uning tarbiyachi
shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.
Tarbiyachining o„ziga xos xususiyati – uning yuksak kasb
mahoratidir. Eng muhimi – bolaning ruhiyatini, yosh va o„ziga xos ruhiy -
fiziologik xususiyatlarini bilishdir.
Bolalar bog„chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy
xususiyatlarini hisobga olib tuzilgani bilan har bir boladagi alohida ruhiy
xususiyatning qay vaqtda va qanday namoyon bo„lishini oldindan ko„ra
olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga
yuklanadi.
Tarbiyachi o„z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi
rivojlanishi, uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy,
axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uchun yaxshi shart -
sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o„ziga xos xususiyatlarni yaxshi
bilgan holda undagi o„ziga xos xususiyatlarni (zararli bo„lsa) yo„qota borib,
bolaga nisbatan qulay talab qo„yadi.
Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo„lishiga
yordam
beradigan
sifatlarini
va
imkoniyatini
rivojlantirishi
lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta‟siri juda
katta bo„ladi. CHunki bu davrdagi har bir ta‟surot bolaning xotirasida bir
umrga saqlanib qoladi.
Bolani tushuna bilish va uning ma‟naviy dunyosiga kira olish
tarbiyachidan zo„r kasb tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli
munosabatda bo„lish – fikrlar manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va