Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-912-916 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 915 www.ares.uz tashvishlardirki, busiz tarbiyachi ning ijodiy mehnatini tasavvur etib
bo„lmaydi.
MUHOKAMA Tarbiyachi bolalarga ta‟lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning
bilimlarini boyitadi, madaniy, gigienik, xulq madaniyati, nutqi, sanoq-hisob,
harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko„nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo
ta‟lim berishda bosh rolni mashg„ulot egallaydi. Mashg„ulotlar bolalar bog„chasida
ta‟limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamda bolalar
uchun majburiydir, unda dastur mazmuni belgilab berilgan. Kun tartibida unga
ma‟lum o„rin va vaqt ajratilgan. Mashg„ulot tarbiyachi rahbarligida o„tkaziladi,
tarbiyachi mashg„ulotlarda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar
egallab olgan bilimlarini esa aniqlab mustahkamlaydi. Bolalarning amaliy
mashg„ulotlarini tashkil etadi. O„quv materialining mazmuni asta-sekin
murakkablashtirilib boriladi. Demak, mashg„ulot bolalarni maktabga tayyorlashda
katta ahamiyatga ega. Mashg„ulot bolalarda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb
eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Ayniqsa, bolalarga bilim berishni jamoa
usulida olib borish katta ahamiyatga birgalikdagi faoliyatda bolalar bir- birlariga faol
ta‟sir etishadi, o„z tashabbusi, topag„onligini namoyon qilish imkoniyati tug„iladi.
Bolalar ishiga zo„r berishni talab etuvchi vazifa qo„yilganda birgalikda qayg„urishadi,
jamoatchilik hissi shakllanadi