Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-912-916 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 913 www.ares.uz Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda
bog„chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o„quv yurtlarida
shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me‟yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim
asoslarini, kasb-hunar malaka va ko„nikmalarini har tomonlama puxta egallab
borishini talab qiladi. Buning uchun o„sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan
qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma‟naviyatimizni tiklash jahon madaniyati,
milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog„lom
ma‟naviy etuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo„yildi. Davlat ahamiyatiga molik
bunday vazifani amalga oshirishda umumta‟lim maktablari bilan bir qatorda xalq
ta‟limining boshlang„ich bo„limi bo„lgan bolalar bog„chalari muhim rol o„ynaydi.
Buning uchun har bir tarbiyachi o„zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz
maktabgacha tarbiya tashkilotlari oldiga qo„ygan talablarni amalga oshirishning
garovidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib
tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas‟uliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat
oldidagi o„z mas‟uliyatini anglashga, ta‟lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga,
o„z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o„rtoqlarini o„sishiga yordam
beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo„lishi, o„zi yashab turgan ulkan hayotini
bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo„lishi,
umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini
egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik
tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har
tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.
Uzluksiz ta‟lim jarayonida maktabgacha ta`lim tarbiyachisining pedagogik
mahorati masalasi keng o„rganilgan sohalardan biri bo„lib, o„ziga xos pedagogik
tizimning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi. K.Hoshimov, R.M. Qodirova, F.R.
Qodirova, N.SH. Nurmuxammedova, M.Ochilov, S.Temirova, O.Musurmonova,
S.Nishonova, U.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.Ortiqov,
Q.Qurbonboev, J.Toshmatova, Sh.Olimov kabi olimlar ish olib borganlar.
Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o'rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab
chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo'yicha mashhur mutaxassis, professor
Y.l.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bog'chada