Academic Research in Educational Sciences volume 2


yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish



Yüklə 295,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix30.06.2022
ölçüsü295,46 Kb.
#62538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maktabgacha-ta-lim-yoshidagi-bolalarni-tabiat-bilan-tanishtirish

yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish - bu ularda tabiatga to‗gri munosabatni 
tarbiyalash va hissiy tajribaga asoslangan, atrof-muhit haqidagi real bilimlarni 
anglashning ta‘limiy vositasi.
Kuzatishlarning tasdiqlashicha, bolalarning atrof-muhitdagi faoliyati asosan 
o‗z-o‗zidan, kutilmagan tarzda kechadi va buni ulardagi tabiatga bo‗lgan bunday 
munosabatning asosiy sababi deb hisoblash to‗gri bo‗ladi Oila, mahalla, bir so‗z bilan 
aytganda, 
tevarakdagilarning, 
ayniqsa, 
maktabgacha 
ta‘lim 
muassasasi 
tarbiyachilarining pedagogik ta‘siri bilan bunday nojoiz faoliyat tuzatib boriladi. 
Mana shuning uchun ham maktabgacha yoshdayoq bolalarning tabiat haqida 
ishonarli ma‘lumotlarni egallashlari juda muhim.


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1154 www.ares.uz 
Bolalar tabiat hodisalarini to‗gri idrok etishlari uchun ularning tabiatni idrok 
etish jarayonini yo‗naltirish zarur. Bolalarni tabiatga oshno etmasdan va maktabgacha 
ta‘lim muassasasidagi ta‘lim-tarbiya ishlarida undan keng foydalanmasdan,
maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni har tomonlama - aqliy, estetik, axloqiy, 
jismoniy jihatdan tarbiyalash vazifasini muvafaqqiyatli hal etib bo‗lmaydi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ta’limiy-tarbiyaviy vazifalari. 
O‗zbekiston Respublika sining maktabgacha ta‘lim konsepsiyasiga ko‗ra 
bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida o‗zaro bir-biriga bog‗liq ta‘limiy-
tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.
Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifasi - bolalarda notirik tabiat, o‗simliklar, 
hayvonlar haqida ma‘lumot berish, ularning tabiat vokeahodisalarini yetarlicha idrok 
eta olishlariga imkon berish.
Aqliy tarbiyaning ajralmas qismi - sensor madaniyatdir. U analizatorlarni 
takomillashtirish, bolalarda keyingi umumlashmalar uchun asos bo‗ladigan hissiy 
tajribani 
mustahkamlash, 
tabiatshunoslikka 
oid. 
dastlabki 
tushunchalarni 
shakllantirishga yo‗naltirilgan.
Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari - 
sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuvchanlik, bilishga qiziqishi 
kabilar bilan mustahkam bog‗langan bo‗lishi kerak. Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish uchun bolalarning tabiat narsa-hodisalari bilan 
tanishtirish, ularni kuzatilayotgan narsa-hodisalarni tushunishga o‗rgatish va ular 
orasidagi aloka va munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash 
jarayonidagi tabiat hodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni 
rivojlantiradi.
Bola o‗zini o‗rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: 
havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta‘mini tili bilan, havodagi 
hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil obyektlarning rangini ko‗zi bilan, tovushlarni 
qulog‗i bilan sezib, ya‘ni mazkur xossalar bolaning besh turli sezgisiga ta‘sir etib, shu 
a‘zolarda joylashgan asab hujayralari orqali bosh miyasiga borib yetib, natijada 
miyada tabiatning ayrim xossalari to‗g‗risida bilim paydo bo‗ladi, ularning 
ko‗rinishlari, qiyofalari, tasvirlari, manzaralari vujudga keladi.
Bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash ham muhimdir. Bolalarga hayvonlar 
va o‗simliklarni qanday kuzatishni ko‗rsatish, ularning diqqatini ularning tashqi 
ko‗rinishi, harakatiga qaratish orqali tarbiyachi ularda nafaqat tabiat haqida 
bilimlarni, balki ularga mas‘uliyatli munosabatni shakllantiradi. Faqatgina har doim 



Yüklə 295,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin