Academic Research in Educational Sciences volume 2


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 295,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix30.06.2022
ölçüsü295,46 Kb.
#62538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maktabgacha-ta-lim-yoshidagi-bolalarni-tabiat-bilan-tanishtirish

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1152 www.ares.uz 
dunyosi, tabiatni e‘zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Mana shunday 
zabardast buyuk allomalarimizdan Muhammad Muso al-Xorazmiy, o‗zining "Kitob 
surat al - arz" asarini Abu Nasr Farobiy (870-810) "al - hajmi va al - mikdor", "Kitob 
almabodi al - inson" asarlarini Abu Rayhon Beruniy "Saydana", "Minerologiya" 
asarlarini Abu Ali ibn Sino, u "Kitob al - shifo", "Tadbir ul - manzil" kabi asarlarini 
yozganlar.
Hadisi sharifimizdagi tabiat, tabiatni avaylab asrash, uni ko‗paytirish, parvarish 
qilishga oid bandlari bilan ham tanishib. uni chuqur tahlil qilinadi.
Ilm - fan, ma‘rifat - madaniyat asrlar davomila insoniyat olamida so‗nmas 
mash‘al bo‗lib, yoritib kelgan.. Bizga ma‘lum bo‗lmagan tarix zarvaraqlari qatida 
pinhona yotgan qadriyatlarimiz, noyob qo‗lyozma asarlarimiz, qadimiy 
yodgorliklarimiz istiqlol sharofati bilan tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan teran 
o‗rganilmoqda. Tarix - insonning barkamollik, taraqqiyot yo‗li. Moziyii bilmaslik 
o‗zini anglamaslikdir. O‗zini anglagan halqgina buyuk kishilarning nomlarini 
e‘zozlab ruhi poklarini doimo yod etadi. Agar biz o‗tmish tariximizga, nazar 
tashlasak, yashab ijod etgan pedagoglarimiz o‗zlari ijod etgan davrlardayoq bolaning 
har tomonlama o‗sishida, ma‘naviy ozuqa beradigan tabiatning nozne‘matlari uning 
mo‗jizalaridir deb ta‘kidlab o‗tganlar.
Tarix zarvaraqlarida o‗zlarining o‗chmas, unutilmas nomlarini qoldirgan buyuk 
pedagoglar bola tarbiyasida tabiatning ahamiyati. uning bola ruhiyatiga qanday ta‘sir 
qilishi haqida ilmiy fikrlarini aytib o‗tganlar.
Ushbu mavzuni o‗rganishda biz G‗arb pedagoglaridan: Y.A.Komenskiy, 
J.J.Russo, I.G.Pestolotsii kabi olimlarning bola tarbiyasida tabiatning tutgan o‗rni 
haqidagi ilmiy asarlari bilan tanishamiz.
Rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiyning, "Inson tarbiya predmeti sifatida" asari 
bilan tanishamiz.
Ushinskiy "Meni pedagogikada var var hisoblasangiz ham, lekin men o‗z hayot 
tajribamda shunday xulosaga keldim. Go‗zal tabiat yosh qalbga shunday katta 
tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatadiki, hatto pedagogikaning ta‘siri ham u bilan 
raqobatlashishga ojizdir", -degan edi.
Bizga ma‘lumki, bola dunyoga kelar ekan ilk yoshligidan boshlab tabiat bilan 
muloqotda bo‗ladi. Bu haqda buyuk pedagog olimlarimiz o‗zlari yashab o‗tgan 
davrda, bolaning har tomonlama o‗sishida ma‘naviy ozuqa beradigan tabiatning noz-
ne‘matidir deb, ta‘kidlab o‗tganlar. Biz hozirda o‗tmishdagi pedagoglarimizning 



Yüklə 295,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin