Academic research in educational sciences volume 2



Yüklə 268,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix26.11.2022
ölçüsü268,99 Kb.
#70622
  1   2   3   4   5   6   7
31b3222b-dc74-431f-90c8-487759a2cdd5



ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1108-1113 
Academic Research, Uzbekistan 1135 www.ares.uz 
PEDAGOGIKA FANINI RIVOJLANTRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARNING O’RNI 
 
Dilnaz Baxitovna Dauletnazarova
Nukus davlat pedagogika instituti assistent o'qituvchisi 
 
Lobar Madiyorovna Rajabova
Nukus davlat pedagogika instituti o'qituvchisi 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada pedagogika fanini rivojlantrishda zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, pedagogik texnologiya asosida 
mashg'ulot o'tish, dars jarayonida zamonaviy texnik vositalar, kompyuterlar, 
videokompyuterli multimediya komplekslarini qo'llash orqali o‘tish kerakligi 
asoslangan. Pedagogik texnologiya tushunchasi ilmiy maqolalar, davriy nashrlar, 
anjumanlardagi mavzu va hisobotlarda ham o'z aksini topmoqda va bu fan bilan bilan 
shug‘ullanadigan olimlarning ilmiy ishlari ham yoritilgan. Qolaversa, pedagogika 
fanini rivojlantrishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rnini oshrish 
bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilgan. 
Kalit so’zlar: pedagogika fani, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta‘lim 
tamoyillari, metodik ishlanmalar
 
KIRISH 
Ma‘lumki, har qanday texnologiya ta‘limning yangi mazmunini 
shakllantiruvchi ta‘lim tamoyillariga asoslanadi va ta‘lim oluvchi shaxsini 
tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yo‘nalishlarda kasbiy ko‘nikmalarni hosil 
qilishga yo‘naltiriladi. Ta‘lim jarayonining faol sub‘ektlari o‘qituvchi va o‘quvchilar 
bo‘lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (yoki fanlar asoslari) 
bo‘yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur 
o‘zlashtirish imkonini yaratadi. O‘qituvchining faol, samarali faoliyat ko‘rsatishiga 
yo‘naltirilgan ta‘lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta‘lim 
jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalari 
ta‘lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o‘qituvchi bilan 
birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv materiali o‘zlashtirishga sharoit 
yaratish bilan bir qatorda, ta‘lim tarbiyasi butun mashg‘ulot davomida 
o‘quvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish 



Yüklə 268,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin