ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 507 www.ares.uz Sezgi idrok bilan bog‗liq bo‗ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni
sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a‘zolarimizga ta‘siri natijasidir.
Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‗plab, har bir sekundda axborotlar oqimini
qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi
olamni va organizm o‗z ichki holatini adekvat ―mos‖ aks ettirishi hosil bo‗ladi. Sezgi
a‘zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo‗llaridan biridir.
Ta‘lim jarayonida kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarda ixtiyoriy, barqaror,
mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit
yaratilishi lozim. Bilish jarayonida mustaqil aqliy faoliyat ko‗rsatish, misollar,
masalalar echish, didaktik mashqlar bajarish, takrorlash yordamida ixtiyoriy, ongli
diqqat tarkib topadi. 7-8 yoshli bolalarda diqqatni ixtiyoriy tarzda bir nuqtaga
jamlash, taqsimlash, ongli ravishda boshqarish ko‗nikmalari shakllanadi.
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari ma‘lum darajada o‗z faoliyatlarini mustaqil
rivojlantira oladilar. Ular o‗z rejalari, harakatlarining izchilligini so‗z orqali tasvirlab
beradilar. Rejalashtirish yordamida o‗quvchilarning ixtiyoriy diqqatlari tarkib topib
rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarni bilish faoliyatiga jalb etish turli
aqliy faoliyat usullarini taqozo qiladi. O‗quvchilarning bilim zaxiralari moddiy olam
haqidagi tasavvurlari yordamida boyib borib bilish faoliyatining shakllanishida o‗quv
jarayoni muhim o‗rin egallaydi.
Misol uchun, bolada mantiqiy uylash etilmay turib uni mantiqiy fikr yuritishga
o‗rgatish foydasiz. 3-7 yoshli davrdagi bolalarning asosiy faoliyati quyidagicha:
• Predmetli o‗rganish;
• Individual va predmetli o‗yinlar, jamoaviy syujetli rolli o‗yinlar;
• Individual va guruhlarda ijod;
• Musobaqa o‗yinlari;
• Munosabat o‗yinlari;
• Ro‗zg‗or mehnati.;
Bolalarning bilish jarayonlarida ushbu o‗yinlarning ahamiyati kattadir.
Mutaxassislar shaxsning rivojlanishi moddiy olam bilan bog‗liq bo‗lib inson turmush
tarzi uning ongini belgilaydi, deb hisoblaydilar. Insonning bolalikdagi rivojlanishida
o‗quv-biluv faoliyati muhim o‗rin tutadi. O‗quvchilar bilish faoliyatining kengayishi,
birinchi navbatda, ularning ilmiy hodisalar, fikrlar, g‗oyalar, dalillar va xalqning
ijtimoiy tajribasini o‗zlashtirishlari natijasida amalga oshadi. Pedagogika fanida
rivojlanish va o‗qitishning o‗zaro aloqadorligi o‗ziga xos tarixiy taraqqiyot yo‗liga
ega. Dastlab, pedagoglar o‗quvchilarning rivojlanishi o‗z-o‗zidan amalga oshadi,
degan fikrni ilgari surganlar. Ta‘limning rivojlanish ta‘sirini aniqlaganlaridan so‗ng,