Academic Research in Educational Sciences Volume 3


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 297,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix03.04.2023
ölçüsü297,22 Kb.
#92779
1   2   3   4   5   6   7
raqamli-iqtisodiyot-tushunchasi-afzalliklari-amaliy-ahamiyati-va-xorijiy-tajriba

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va 
katta hajmdagi ma‟lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, 
asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish 
samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga 
asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog„liq iqtisodiy 
faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli 
tovarlar, xizmatlar yig„indisidir. Ba‟zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki 
veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 
Birinchi marta 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “Raqamli 
iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritgan bo„lsa, hozirda bu istilohni butun 
dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha 
qo„llamoqda [2].
Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma‟lumotlar bilan 
ishlash texnologiyalari (Big Data), sun‟iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant 
texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron 
platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo„shimcha reallik 
texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 
3D- texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko„prog„ida beqiyos 
o„zgarishlar keltirib chiqarishi ta‟kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari 
fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko„payishi milliy 
iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o„rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi 
[8]. 
Shu o„rinda raqamli iqtisodiyot tushunchasiga to„xtalib o„tsak. Bu o„zaro 
bog„liq bo„lgan ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish, iste‟mol qilish va boshqaruv 
jarayonlarining (insonlararo, mashinalararo, bulutlar va katta hajmdagi raqamlar 
(BIG DATA) orqali) raqamli texnologiyalar hamda internet yordamida ma‟lumot 
almashinishni optimallashtirish orqali katta foyda ko„rishga qaratilgan faoliyatdir [2]. 
Dunyoda raqamli iqtisodiyot o„sishining sur‟atlari yiliga deyarli 20 foizni 
tashkil 
etmoqda. 
Taraqqiy 
etgan 
davlatlarda 
raqamli 
iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. 
Ular hozirning o„zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan 



Yüklə 297,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin