Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-151-156 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 154 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal beradi [3,4,5].
Davlatimiz
rahbarining
ta‟kidlashicha, “…yurtimiz xalqaro axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo„yicha 2019-yilda 8
pog„onaga ko„tarilgan bo„lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar,
korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta,
raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko„p mablag„ va mehnat
resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo„lmasin,
bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo„ladi. Shu bois,
raqamli iqtisodiyotga faol o„tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri
bo„ladi[1].
Yangi O‟zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik,
xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini
yuzaga chiqardi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o„sishini misol qilib
keltirish mumkin. “Elektron hukumat”, “elektron boshqaruv”, “telekommunikatsiya”,
“internet”, “veb-sayt” kabi yuzlab iboralar hayotimizning ajralmas bo„lagiga aylandi.
IT kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Elektron hukumat va yagona
interaktiv xizmatlar portali orqali 178 ta xizmat yo„lga qo„yildi hamda ushbu
xizmatlar aholining vaqti va xarajatlarini tejamoqda [6].
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko„p mablag„ va
mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Shu bois raqamli iqtisodiyotga
faol o„tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo„ladi. Raqamli
texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni,
ayniqsa, korrupsiyani keskin kamaytiradi.
O„z o„rnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli
iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon
muvaffaqiyat
bilan
faoliyat
ko„rsatmoqda.
Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli
vositalarga o„tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan
muloqot qilish ham elektron platformalarga o„tkazilmoqda.
Raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati va jihatlari, bu birinchi navbatda,
insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy
foydasidir.
Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “qora iqtisodiyot”ning asosiy
kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak
paytda ma‟lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma‟lumotni yashirish,
yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to„liq axborot bermaslikning iloji
yo„q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo„yadi. Ma‟lumotlar ko„pligi va
tizimliligi yolg„on va qing„ir ishlarga yo„l bermaydi, chunki
tizimni aldash imkonsiz. Natijada “iflos pullarni” yuvish,
mablag„larni o„g„irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib