Academic Research in Educational Sciences Volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 297,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix03.04.2023
ölçüsü297,22 Kb.
#92779
1   2   3   4   5   6   7
raqamli-iqtisodiyot-tushunchasi-afzalliklari-amaliy-ahamiyati-va-xorijiy-tajriba

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-151-156 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
155
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
yoki yashirib ko„rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag„lar 
oqimini oshiradi, soliqlar o„z vaqtida va to„g„ri to„lanadi, budjet taqsimoti ochiq 
bo„ladi, ijtimoiy sohaga yo„naltirilgan mablag„lar o„g„irlanmaydi, maktablar
kasalxonalar, yo„llarga ajratilgan pullar to„liq yetib boradi va hokazo. 
Uchinchidan, 
davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo„lini 
tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar 
aylanmasi sohasida yangi yo„nalishlar ochib beradi. “Raqamli texnologiyalar” tomon 
burilishga butun jahon internet tarmog„i va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi 
bo„ldi. Ta‟kidlash joizki, bugungi kunda bu tizimdan foydalanuvchilar oziqovqat
turli parfyumeriya va zamonaviy kiyim-kechak mahsulotlariga buyurtma berish 
uchun Telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. Shuningdek, turli internet 
do„konlar, elektron to„lov tizimlari ham faol rivojlanib bormoqda. Demak, 
fuqarolarimiz elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonyaptilar. Faqat hozirgi 
kungacha foydalanuvchilar katta xarajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni 
amalga oshirmoqdalar, o„rtacha xarid hajmini oshirishga esa unchalik tayyor emaslar. 
Endigi masala o„rtacha va yirik iqtisodiy bitimlar va moliyaviy operatsiyalarni 
raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni rivojlantirishdan iborat.
Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli 
texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. 
Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-
kompaniyalarni qo„llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim. 

Yüklə 297,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin