Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 2 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-715-718 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 716 February, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal masalasi barcha zamonlarda dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Yosh oilalar sohiblari
о‘z munosabatlarini qanday yо‘lga qо‘yishlari kerakligini tushunishlari uchun
ma’lum bir vaqt va kerakli psixologik shart-sharoit zarurdir. Er-xotin nafaqat bir-
birini sevishi kerak, balki oilaviy munosabatlarni qurish asosida barkamol oilani
barpo etishlari talab etiladi.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA MЕTODOLOGIYA Oilaviy hayot psixologiyasi, oila-nikoh munosabatlari, oiladagi о‘zaro
munosabatlar, undagi ziddiyatlar, ajralishlar va uning oqibatlari keyingi yillarda
psixologiya fanining keng tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Bu sohada psixolog
olimlardan G‘.B.Shoumarov, M.G.Davletshin ,E.G‘oziyev. V.M.Karimova,
N.A.Sog‘inov, X.Karimov, F.R.Rо‘ziqulov va boshqalar olib borgan ilmiy tadqiqot
ishlari diqqatga sazovordir. Respublikamizning yetakchi psixolog olimlaridan
G‘.B.Shoumarov o‘z tadqiqotlari natijalariga tayanib, oilaning mustahkam bо‘lishi,
er-xotinning baxtiyor hayot kechirishlari va tinch-totuv yashashlarida ularning о‘zaro
qovushishi muhim rol о‘ynaydi deb kо‘rsatib beradi. U о‘zaro qovushuvlarni shartli
ravishda 3 tarkibiy qismga bо‘linishni e’tirof etadi (1-rasm).
1-rasm. O‘zaro qovushuvlarni tarkibiy qismlari.
E.G‘oziyevning
oilaviy
hayot
muammolari
sohasida
olib
borgan
tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, oilaviy munosabatlar turli negiz: iqtisodiy,
mafkuraviy, hissiy-irodaviy, ahloqiy-aqliy, qarindosh-urug‘chilik, yaqinlik va
dо‘stlik- birodarlik asosida quriladi. Ana shu negizlar baquvvat oilada er-xotin
totuvligi, oila barqarorligi, oilaning baxti va farovonligi ta’minlanadi.