ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Umuman olganda avtomobil yo‟llarida harakatni xavfsiz tashkil etish deganda
transport vositalari oqimini maksimal darajada yo‟lning geometrik o‟lcham
imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo‟laklarda xavfsiz harakat tartibini va
yuqori o‟tkazish qobilyatini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Q. H.
Azizovning “Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari” nomli darsligida harakat
xavfsizligini tashkil etish bo‟yicha bir qancha tartib qoidalar va usullar haqida batafsil
ma‟lumotlar berilgan [1]. Harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kunda tobora
dolzarb masalalar qatoridan joy olmoqda. O‟zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi Yo„l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2021 yil noyabr oyigacha
respublika yo„llarida sodir bo„lgan yo„l-transport hodisalari haqida statistik
ma'lumotni e'lon qildi [2]. Unga ko„ra, yilning o„tgan 10 oyi mobaynida jami 7681ta
YTH ro„y bergan. Ularda 1964 kishi hayotdan ko„z yumgan, 6886 kishi turli darajada
tan jarohati olgan. Ushbu YTHning kelib chiqish sabablariga ham oydinlik kiritgan.
1782ta YTH yo„l harakatini noto„g„ri tashkil etish yoki yo„llardagi nosozliklar tufayli
ro„y bergan. Bu jami yo„l-transport hodisalarining 23,2 foizini tashkil etmoqda.
1705ta holatda piyodalar o„tish joyi bo„lmaganligi sababli piyodalarning
belgilanmagan joydan yo„lni kesib o„tishi (22,2 foiz) bilan
bog„liq. 1221 ta YTH (15,9 foiz) tezlikni me'yordan oshirib
yuborish sababli sodir bo„lgan. Ma'lumotlarda ko„rish mumkinki,