Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 4 | 2023 ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 198 April, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal O‟quvchilarning fanga bo‟lgan qiziqishlarini oshirish uchun an‟anaviy o‟qitish
jarayonidan farqli ravishda ta‟lim va hayot tamoyili asosida zamonaviy ta‟lim
texnologiyalarini qo‟llab o‟qitish, ta‟lim sifat samaradorligining oshishiga, samarali
natijalarga erishishga yordam beradi.
STEAM ta‟lim texnologiyasi umumta‟lim maktablarida sinf - dars tizimidan
loyihaviy faoliyatga yondaoshgan holda darsni o„tish, fundamental bilimlarni
funksional bilimlarga ko„chirish, ularni amaliyotda faol qo„llash jarayoni orqali fanlar
integratsiyasi, kesishmasida muammolar yechimining yangicha yo„llarini izlash,
lozim topilsa kashf etishga yo„naltirish kabi vazifalarni qo„yadi. STEAM - ta‟limi,
haqiqiy hayot bilan bog„lovchi texnologiya.
STEAM: Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiyalar, Engineering -
muhandislik, Art - san‟at, Mathematics - matematika ma‟nolarini bildiradi.
STEAM ta‟lim texnologiyasi asosida o`qitish jarayonida o`qitishni hayot bilan
bog`lash tamoyili to`liqroq amalga oshirilsa, o`quvchilarda kimyo faniga bo‟lgan
qiziqish uyg`onadi, o`qitish samaradorligi oshadi, o‟z hayoti davomida ro‟y
beradigan kimyoviy xodisalarni to‟liq anglay oladi. Sodir bo‟lgan jarayonlar haqida
mustaqil izlanadi va fikr bildira oladi. Tajribalarni bajarish sharoitlarini tashkil etish,
ularni amalda bajarish, muhokama qilish va o‟qituvchi kuzatuvi ostida mustaqil
ravishda maqsadga muvofiq tajribalarni o‟tkaza oladi.
Ta‟lim yondashuv texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda uning
asosida bilish va badiiy izlanish yotadi. Ushbu ta‟lim yondashuvi, tarbiyalanuvchi va
ta‟lim oluvchining rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita bog„laydi. STEAM –
yondashuvi dunyoni tizimli ravishda o„rganishga, atrofda ro„y berayotgan
jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o„zaro aloqani anglab yetishga,
o„zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni ochishga imkon beradi.