Maktabgacha ta‘lim va tarbiya tizimini isloh qilishni prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ―Yangi O‗zbekiston strategiyasi‖ kitobida ―inson kapitali‖ tushunchasi bilan bog‗laydi. Ya‘ni ―...rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning to‗liq sikliga investitsiya kiritishga, ya‘ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‗lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e‘tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‗rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga e‘tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart‖3, 224-bet-deb, yozadi davlatimiz rahbari.
Demak, maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirishda prezidentimiz asarlari va ma‘ruzalari hamda Farmonlari va Qarorlarida belgilangan vazifalar metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
Maktabgacha ta‘lim va tarbiya tizimida xorijiy davlatlarning ilg‗or tajribalarini o‗rganish yuzasidan alohida adabiyotlar, tadqiqot ishlari juda kam, bu boradagi manbalarning faqatgina elektron resurslari mavjud bo‗lib, ularni ham internetning turli veb saytlaridan topib, tarjima qilib o‗rganish mumkin.
Masalan, bu mavzuda B.E.Parmonov,4 I.G‗.Mamajonov, R.Mamatovlar, 5, M.X.Qilichova2lar ilmiy izlanishlar olib borgan.
B.E.Parmonov ―Maktabgacha ta‘lim tashkilotida bolalarni tarbiyalashda xorijiy tajribalarning psixologik jihatlari‖ maqolasida xorijiy davlatlarning ilg‗or tajribalarini yoritgan. Jumladan, Buyuk Britaniya, Rossiya federatsiyasi, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarining ilg‗or tajriblarini tahliliy o‗rgangan. I.G‗ Mamajonov, R.Mamatovlar esa ―Germaniya davlati ta‘lim tizimi‖ni o‗rganishda qisman maktabgacha ta‘lim tizimiga oid ma‘lumotlarni kiritib o‗tgan. M.X.Qilichova maktabgacha ta‘lim va tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-
mohiyatini hamda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalashda xorijiy tajribalarning o‗ziga xos jihatlari6ni o‗rgangan.