Pedagogika psixologiya fakulteti



Yüklə 71,79 Kb.
səhifə1/7
tarix26.10.2023
ölçüsü71,79 Kb.
#161779
  1   2   3   4   5   6   7
Pedagogika psixologiya fakulteti-fayllar.org


Pedagogika psixologiya fakulteti
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
MUQUMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA – PSIXOLOGIYA FAKULTETI
DEFEKTOLOGIYA YO’NALISHI
302-GURUH TALABASI
MAMATMO’SAYEVA DILFUZAXONNING
LOGOPSIXOLOGIYA VA PSIXOLOGIK KORREKSIYA METODLARI FANIDAN

Mavzu: Nutqi to`liq rivojlanmaganbolalar tafakkurining o`ziga xos xususiyatlari.


Bajardi: Mamatmo’sayeva.D
Rahbar:Yo’ldashev.S


Mundarija

KIRISH.

I.Bob.Muammoni o`rganishning ilmiy-nazariy asoslari.
I.1.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar tafakkurini o`rganish yuzasidan metodik adabiyotlar tahlili.
I.2.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar tafakkurining skakllari.
II.Bob.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar tafakkurining o`ziga xos xususiyatlari.
II.1.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarning bilish faoliyatida tafakkurning o`rni.
II.2.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar tafakkurini rivojlantirish yo`llari.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasida L.R.Mo’minova, E.A.
Babaeva, M.Yu. Ayupova va X.M. Po’latovalar tomonidan nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni kelib chiqish sabablari, leksik, grammatik, fonetik – fonematik tomondan nutqning rivojlanmasligi va korrektsion – pedagogik tuzatish ishlarini, usullari va ahamiyati o’rganilgan. O’zbekistonda nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning eshituv xotirasini logopedik ish tizimida shakllantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan. Bu muammo buyicha o’zbek tilida manbalar etarli emas. Muammo bo’yicha pedagogik – psixologik metodik manbalarda o’rganilmaganligi uchun biz ushbu mavzuni dolzarb muammolardan biri deb belgiladik.
Tadqiqotning maqsadi: Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning eshituv xotira xususiyatlarini o’rganish va logopedik ish tizimida shakllantirish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyekti:
Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasasidagi 5-6 yoshlik nutqi to’liq
rivojlanmagan bolalar.
Tadqiqotning predmeti:
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning tafakkur xususiyatlarini
logopedik ish tizimida shakllantirish jarayoni.
Tadqiqotning metodologik asosini:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatning Qo’shma Majlisidagi
ma’ruzasi: «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi (2010 yil); O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonuni (1997 yil), “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Maxsus ta’lim
kontseptsiyasi”, “Bolalarni ximoya qilish Konventsiyasi”, «Milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi», «Ma’naviyat haqidagi g’oyalari», Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Davlat dasturlari. Prezident qarorlari, sharq mutafakirlarining ma’naviyat va milliy o’zlikni anglash, komil insonni tarbiyalash haqidagi falsafiy, ahloqiy qarashlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul qilingan Davlat Dasturlari, I.A.Karimovning barkamol avlod tarbiyasiga oid asarlari va nutqlari, Sharq mutafakkirlarining bolani jismonan va ruhan tarbiyalash haqidagi asarlari L.S. Vo’gotskiyning birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning namoyon bo’lishi haqidagi ta’limoti tashkil etadi.
Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi:
 tadqiqot mavzusi bo’yicha pedagogik, psixologik, defektologik va metodik
adabiyotlarni nazariy tahlil kilish;
 bolalarning psixologik jarayonlarini tekshirish (sinov eksperiment);
 maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari reja-xisobot xujjatlari va
tarbiyalanuvchilarning tibbiy pedagogik xujjatlarini o’rganish,bolalar, logopedlar,
tarbiyachilar xamda ota-onalari bilan yakka suhbatlar o’tkazish;
 pedagogik jarayonni kuzatish va taxlil kilish;
 maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda aniqlovchi
eksperement o’tkazish va ularni miqdor va son jihatdan tahlil etish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi va nazariy ahamiyati:
Maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar bilan o’tkaziladigan korrektsion ish jarayonida bolalar eshituv xotirasini logopedik ish tizimida shakllantirish pedagogik muammo sifatida maxsus pedagogika nazariyasida bir butun, yaxlit xolatda tadbiq etildi;
Maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar psixologik jarayonlarini mukammal tekshirish, xamda psixologik jarayonlaridagi kamchiliklarni korrektsiyalash tushunchasi pedagogik iste’molga kiritilib, uning mazmuni moxiyati va funktsiyalari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan ochib berildi;
Ishning tuzilishi va tarkibi: kirish, uchta bob, hulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

Yüklə 71,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin