Cho‗lpon ijodiga nazar tashlar ekanmiz, uning asarlarida Turkiston muhiti akslanib turadi va bevosita jarayonni his qilishga, unda yashashga undaydi. Bu ijodkorning yuksak mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi. Uning asarlaridagi epizodlar ta‘riflarning sodda va jozibadorligi, qo‗llangan ismlar-u qahramonlarga xos bo‗lgan antroponimik birliklar, onomastikdan o‗rinli foydalana olishi ularning ichki dunyosini ochib bera olgan. Endi, shu o‗rinda Cho‗lpon asarlarida qo‗llangan ismlar, laqablar, taxalluslar va ularning asarga qay darajada badiiy bo‗yoq berayotganini o‗rganish uchun tilshunoslikka murojaat qilamiz.
Tildagi atoqli otlarni, ularning paydo bo‗lishi, motivativ asoslarini, semantikasi, lisoniy strukturasini tilshunoslikning onomastika bo‗limi tadqiq qiladi. Onomastika - aslida grekcha so‗z bo‗lib, ―nom berish san'ati‖ ma'nosini bildiradi.Onomastika til onomastikasi birliklarini tashkil qiluvchi har qanday atoqli otni lingnistik va sotsiolingvistik aspektda tadqiq qiladi. Onomastikon - biror tildagi atoqli otlarning umumiy majmuini ifoda etadigan lug‗atdir va u muayyan davrdagi etnik guruhning tiliga tegishli bo‗lgan atoqli otlar repertuaridir.
Ma‘lumki, antroponim (yunoncha: antrop - antropos + onoma-atoqli ot) – kishi atoqli oti (ism, familiya, laqab, taxallus, patronim va boshqalar).Ma‘lum bir tilda mavjud bo‗lgan barcha kishi atoqli otlari majmui, fondi antroponimiya deb yuritiladi. Antroponimika yoki ismshunoslik esa onomastika (nomshunoslik)ning kishi atoqli otlari (antroponimlar)ning paydo bo‗lishi, rivoji va vazifaviy xususiyatlarini o‗rganuvchi bo‗limidir.
O‗zbek antroponimiyasining milliy o‗ziga xosligini ikki lisoniy material ta‘minlaydi. Bular: tub turkiy nomlar va o‗zbekcha ismlardir. Milliy-lisoniy ruh, ayniqsa o‗zbekcha nomlarni ijod qilishda yorqin namoyon bo‗ladi.
O‗zbek tili antroponimlarining lug‗aviy tarkibida tojik tilidan o‗zlashgan ismlar salmoqli qatlamni tashkil qiladi. Bu qatlam o‗zbek tiliga uzoq o‗tmishdan yaqin vaqtlargacha o‗zbek va tojik xalqlarining yaqin qo‗shnichilik munosabatlari, ikki xalq orasidagi bolaga ism berish udumlarining mushtarak tomonlarga egaligi tufayli kirib kelgan. Shu bilan birga, ba'zi ismlarni fors-tojik tilidan o‗zbek tiliga o‗zlashma leksema sifatida olingan turdosh so‗zlardan o‗zbeklar o‗zi hosil qilgan bo‗lishi mumkin.
Tub turkiy qatlamga mansub nomlarning aksariyati appelyativ ma‘nosi aniq sezilib turgan nomlardir. Shunga qaramasdan ismlarning bu
qatlamida ma‘nosiga ko‗ra uch xil nomlarni uchratish mumkin:
ma‘nosi aniq sezilib turuvchi nomlar;
ma‘nosi hozirda qorong‗ilashgan ismlar;
o‗lik ma‘noli nomlar.
Aksariyat o‗zbekcha ismlar birinchi va ikkinchi guruhga mansubdir.
O‗.Nosirov maqolasida o‗rganilgan hududda ism berish udumlari bilan aloqador ba'zi nomlarga keng to‗xtalgan. Masalan, chaqaloq dunyoga kelgach, uning badanidagi belgilarga ishora qiluvchi Qoriq, Qo‗shboy, Qo‗shboq, Qo‗shoq, Oltiboy ismlarining; go‗dakning yuzi, ko‗zi va sochiga xos xususiyatiga ko‗ra qo‗yiluvchi Ko‗kiboy, Sariboy, Qoraboy; agar chaqaloq tutilgandan to yetti kunga qadar ko‗zi ochilmasa, unga Ochil, Ochiloy, Ochilbek, Ochildi kabi nomlar berilishining; ba'zi ismlar chaqaloqning tug‗ilgan vaqtiga ishora qilishi Chorshanboy, Juma, Jumaboy, Payshanba, Bozor, bola biror voqea, tadbir kuni tavallud topsa Haydar (shanba kuni sotish uchun bozorga mol haydashgan - mol haydar kuni) va boshqalar haqida qimmatli ma'lumotlarni keltirgan.
Ramazon, Asad, Rajab, Muharram, Safar ismlari chaqaloq tug‗ilgan oy; Nizom, Sobir, Bahor, Gulbahor ismlari bola tug‗ilgan mavsum; Bayram, Hayit, Bayramali, Hayitgul, Hayitmurod, Qurbon, Qurbonboy ismlari bayram va marosim kunlari; Mehmon, Mehmonali, Momoxol, Boboqul, Bobonazar, Otabek, Yo‗ldosh, Yo‗lchi nomlari go‗dakning o‗z uyida tug‗ilmaganligi; Qirq, Oltmish, Sakson, To‗qson ismlari chaqaloq dunyoga kelganda otasining yoshi nechada bo‗lgani; Chori, Panji ismlari nom egasining oiladagi nechanchi bola ekani; To‗xga, O‗g‗iloy, O‗ljon, Ulxuv, Adash, Maqsad, Qarshi, Qarshigul kabilar o‗gil yoki qiz ko‗rish orzusi bilan bog‗liqligi; YOdgor ismi chaqaloqning otasiz yoki onasiz qolgani; Suyun, Suyunduq, Quvonchiq, Xursand ismlari ota-ona- larning shodligi, emosional holatini bildirgan.
Diniy ma'noli nomlarning bolaga berilish sabablari (Xudoyberdi, Tangriberdi, Xudoyor, Xudoynazar, Ollonazar, Qudratulla), ism berishda amal qilinuvchi totemistik va animistik e'tiqodlar (Bo‗riboy, Bo‗ritosh, Bo‗riniso, Boybo‗ri, Itolmas), so‗zning (ismning) sehrli kuchiga ishonish bilan bog‗liq.
Har bir badiiy asar ma‘lum bir davr tarixi-madaniyatini ko‗rsatadi. Shuningdek, Abdulhamid Cho‗lpon poetikasida ham XX asr boshlaridagi Turkiston hayoti o‗z aksini topgan. Xususan, adib asarlarining ma‘naviy olamida jadidchilik harakatlarining o‗rni beqiyos. U o‗zining g‗oyaviy qarashlari ostida xalqni, millatni hushyorlikka, ilm olishga chorlaydi. Uning ―Buzilgan o‗lkaga‖, ―Mening tovushim‖,
―Kuz‖ kabi she‘riy to‗plamlarida esa Sharqning ayanchli, og‗ir ahvoli qalamga olingan bo‗lsa, ―Kecha va kunduz‖ romanida Turkiston xalqining g‗aflatda qolgani bayon etilgan.