ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
253
AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY INSHOATLAR
Izzatullayev Shahzod Sobirjon o’g’li
Termiz
muhandislik-texnologiya
instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7096965
Avtomobil yo‘llarida suv o‘tkazuvchi quvurlar, ko‘priklar,
estakadalar,
yo‘lo‘tkazgichlar, tonellar, tirgak va himoya devorlari quriladi. Bu inshootlardan
suv o‘tkazuvchi quvurlar va kichik ko‘priklar eng ko‘p tarqalgan. Yo‘l poyi orqali
toshadigan suvlarni o‘tkazish uchun inshoot – lotoklar kam tarqalgan.
36-rasm. Avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlar:
a – harakat ustidan bo‘lgan to‘sinli ko‘prik; b – ochiq fermali ko‘prik (harakat
pastdan); v – arkali ko‘prik; g - arka-konsolli ko‘prik; d – ramali ko‘prik; e –
osma ko‘prik; j – aralashgan tizimli ko‘prik; z – suvo‘tkazuvchi quvurlar; i –
ko‘prikli o‘tish sxemasi; 1 – ko‘prikka tutashma; 2 – oraliq qurilma; 3 - tirgak;
4
-tayanch; 5 - ko‘prik; 6 –oqimni yo‘naltiruvchi damba; 7 – izga soluvchi
inshoot.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
254
Suv o‘tkazuvchi quvurlar
va ularning elementlari
Suv o‘tkazuvchi quvurlar oddiy suv o‘tkazuvchi inshootlar bo‘lib, kam hajmdagi
suvlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Suv o‘tkazuvchi quvurlar doiraviy va to‘g‘ri
to‘rtburchakli kesimlarda 0,75 m dan kam bo‘lmagan o‘lchamdagi tuynukda, bir
qancha quvurlardan iborat ko‘p tuynukli bo‘lishi mumkin. Doiraviy
suvo‘tkazuvchi quvur quyidagi elementlardan tashkil topadi:
poydevor,
quvurga suvni bir ravonda kirishini va undan chiqishini ta’minlovchi va
ko‘tarma yon bag‘rini qo‘llovchi asosiy zvenolar va tuynuklar.
37-rasm. Avtomobil yo‘lidagi suv o‘tkazuvchi quvur
38-rasm. Quvur sxemasi:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
255
1 - kallak, 2 –
quvur zvenosi, 3 - qum-shag‘alli yostiqcha, 4 –
tuproq bilan
to‘ldirilgan
Uncha katta bo‘lmagan doimiy va asosan davriy ochiq suv oqimlarini kesib
o‘tishda temir yo‘l va avtomobil yo‘llari tarmog‘ida quriladigan quvurlar soni
juda ko‘p, biroq ulardan har birining qiymati nisbatan kam va shuning uchun
ularni qurish uchun ketadigan jami harajatlar uncha ko‘p emas. Sun’iy
inshootlar toifasiga kiradigan bunday inshootlarni
joylashtirish hamma vaqt
yo‘lning o‘q chizig‘ini belgilashga bo‘ysindiriladi, bunga sabab shuki, har qaysi
quvur uchun joyda eng yaxshi o‘rnini tanlash yo‘lning ancha uzayishiga, uning
qurilishining umumiy qimmatlashuviga va yuk tashish harajatlarining ortishiga
olib kelishi mumkin.
Quvurning joylashuvini yo‘lning umumiy belgilanishiga bo‘ysindirgan holda,
shuningdek, suvni o‘tkazish sharoiti bo‘yicha etarlicha qulay bo‘lmagan
joylarda hamma vaqt oqimni ancha va nisbatan arzon boshqarish, hatto zarur
yo‘nalishda yaxlit sun’iy o‘zan qurish imkoniyati borligi hisobga olinadi.
Suv o‘tkazuvchi quvurlardan foydalanishda quyidagi nuqsonlar yuzaga keladi:
39-rasm. Suv o‘tkazuvchi quvurlarni loyqa bosishi, o‘simlik qatlamini buzilishi,
ko‘tarma yon bag‘irlari eroziyasi, suvo‘tkazuvchi
quvurlardagi quvur
o‘tkazgichlar,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
256
suvo‘tkazuvchi quvurni mustaxkamligini buzilishi, o‘zan yuvilishi va jarlik hosil
bo‘lishi
Xulosa
Quvurlar bugungi kunda eng muammoli masalalardan biri hisoblanib,
ularning tez yemirilishi muammolarning asosiy sababidir.
Bugungi kunda
mustaxkam quvurlarni yaratish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Quvurlarni yasashda eko maxsulotlardan foydalanish ham sifat ham tannarx
jixatidan quoay va samaradordir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. uz.m.wikipedia.org